«Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohning
azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rguzdi va bizlarni samumdan (ya’ni, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy
shamoldan) saqladi. Darhaqiqat bizlar ilgari (hayoti dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O’zigina marhamatli, mehribondir» (Vat-Tur surasi, 25-
28-oyatlar), deb aytgan.
396/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rost so‘zlovchi Rasululloh (s.a.v.)
quyidagilarni gapirib berdilar: «Har biringizning xalq qilinishingiz shunday: onangiz
qornida maniy qirq kun to‘planib turadi. So‘ngra yana shuncha kunda quyuq qon va
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy