Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
416/5. Abu Hurayra (r.a.) yoki Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Roviy 
shak qildilar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchalari 
odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, 
agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeb, yog‘ini surtamiz», deyishdi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar (r.a.) kelib: «Ey 
Allohning rasuli, agar bunday qilishga izn bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. 
(Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u 
narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh 
(s.a.v.) «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar. U to‘shaldi. Kimdir kaftida 
makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir burda non olib keldi. Haligi charm 
to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha to‘plangan narsaga baraka 
tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, 
hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, 
undan ortib ham qoldi. Rasululloh: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, 
deb guvohlik beraman. Biror banda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, shak-
shubhasiz, jannatdan to‘silmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
417/6. Itbon ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Badr g‘azotida ishtirok etgan 
sahobalardan edi.) «Men qavmim Bani Solimga imomlik qilib namoz o‘qib berar edim. 
Men bilan ular orasida vodiy bo‘lib, agar u yerga yomg‘ir yog‘sa, masjid tomonga o‘tish 
mashaqqat tug‘dirardi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib u zotga: 
«Ko‘zimning nuri ketib qoldi. Agar yomg‘ir yog‘sa, men bilan qavmim o‘rtasidagi vodiyda 
sel oqadi. Tabiiyki, uni kechib o‘tish mashaqqat tug‘diradi. Xohlardimki, siz uyimning bir 
chekkasida namoz o‘qib bersangiz, men o‘sha joyni masjid qilib olsam», desam, u zot: 
«Boraman», dedilar va quyosh ko‘tarilganida Abu Bakr (r.a.) bilan kelib (kirishga) izn 
so‘radilar. Men izn berdim. U zot hali o‘tirmasdan turib: «Uyingning qaerida namoz o‘qib 
beray?» dedilar. Men namoz o‘qishni yaxshi ko‘radigan joyga ishora qildim. U zot 
o‘rinlaridan turib takbir aytdilar va orqalarida saf tortdik. Ikki rakat namoz o‘qib berdilar. 
Keyin salom berdilar. O’sha payt biz ham salom berdik. U zotga atala pishirgan edik, 
shunga to‘xtatdik. Rasululloh (s.a.v.) uyimda ekanliklarini bilib mahalladagi odamlar 
to‘p-to‘p bo‘lib kela boshlashdi. Hatto, uyda kishilar ko‘payib ketishdi. Shunda bir kishi: 
«Molikka nima bo‘ldiki, uni ko‘rmayapman?» deganida, boshqa bir kishi: «U munofiq-ku! 
Alloh va Uning rasuli uni yaxshi ko‘rmaydi», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) 
«Bunday dema! La ilaha illalloh, deb Allohning roziligini talab qilganini ko‘rmadingmi?» 
deganlarida, u kishi: «Alloh va Uning rasuli biluvchi! Ammo biz, Allohga qasamki, uning 
munofiqlar bilan gaplashib, do‘stlashganini ko‘ramiz», dedi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Allohning roziligini tilab «La ilaha illalloh»ni aytgan kishiga Alloh do‘zaxni harom 
qilgan», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
418/7. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bir necha asirlar 
huzuriga bordilar. Ular orasida bir xotin bor edi. U aylanib yurib biror yosh bolani topsa, 
uni quchoqlab emizar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotinning mehribonligini ko‘rdinglarmi? 
Shu xotin bolasini o‘tga tashlaydimi?» degandilar, biz: «Allohga qasamki, yo‘q», dedik. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Allohning bandalariga mehribonligi bu xotinning bolasiga 
qilgan mehribonligidan ham ziyodadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
419/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh taolo 
xaloyiqni yaratganda bir kitobni bitdi. U kitob O’z huzurida, ya’ni Arshning ustidadir. 
Unda «Albatta rahmatim g‘azabimga g‘olib keladi», deb aytgan», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «G’azabimga g‘olib keldi», deyilgan. 
Yana boshqa rivoyatda: «G’azabimdan oldinlab ketdi», deyilgan. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish