www.ziyouz.com kutubxonasi
329
o‘rgandilar. Voyaga yetganlarida o‘sha qabilaga marg‘ub va mahbub bo‘ldilar. Bu zotdagi
yetuklikni bilishganidan keyin o‘zlaridagi bir ayolga uylantirib qo‘yishdi.
Hojar vafot etib, Ismoil alayhissalom uylanganlaridan keyin Ibrohim alayhissalom
qoldirib ketgan xotinlari va o‘g‘illaridan xabar olgani keldilar. Lekin o‘g‘illari Ismoilni topa
olmadilar. Kelinlaridan Ismoil alayhissalom haqida so‘ragan edilar, kelinlari: «Bizga rizq
axtarib yoki ov qilish uchun chiqib ketdilar», dedi. Ibrohim alayhissalom kelinlaridan:
«Yashashlaringiz va boshqa holatlaringiz qalay?» degandilar, kelinlari: «Biz yomon
holatdamiz, juda ham qiynalib yashamoqdamiz», deb shikoyat qildi. Ibrohim
alayhissalom: «Agar ering kelsa, mening nomimdan salom yetkaz va yana darvozasi
ostonasini almashtirishini ham aytgin», dedilar. Ismoil alayhissalom qaytganlarida,
kimdir kelganini sezdilar va xotinlaridan: «Biror kishi keldimi?» degandilar, xotinlari:
«Ha, bunday sifatli bir qariya kelib, siz haqingizda so‘radi. Men siz haqingizda xabar
berdim. Keyin yashashimiz haqida so‘ragan edi, men qiynalib yashayotganimizning
xabarini berdim», dedi. Ismoil alayhissalom: «Biror narsa dedilarmi?» degandilar,
xotinlari: «Ha, sizga salomlarini yetkazmoqni va darvozangiz ostonasini
almashtirishingizni buyurdilar», dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Bu kishi otam edi.
Sendan ajrashishni buyuribdilar. Sen ota-onangnikiga borib yashagin», deb uning
talog‘ini berdilar va o‘sha qabiladagi boshqa bir ayolga uylandilar. Alloh xohlaganicha
fursatdan keyin Ibrohim alayhissalom yana o‘g‘illari huzuriga keldilar. Lekin o‘g‘illarini
yana topa olmadilar. Kelinlaridan Ismoil alayhissalomning qaerga ketganliklarini
so‘radilar. Kelinlari: «Rizq axtarib ketdilar», dedi. Otalari: «Qandaysizlar?» deb ularning
yashashlari haqida so‘radilar. Kelinlari: «Allohga (hamd) va sano bo‘lsinki, yaxshi, mo‘l-
ko‘l yashayapmiz», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Taomlaringiz nima?» deb so‘ragan
edilar, kelinlari: «Go‘sht», dedi. «Ichimliklaringiz nima?» deganlarida, kelinlari: «Suv»,
dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohim, ularning go‘shtlari-yu suvlariga baraka ato qil»,
deb duo qildilar. (Rasululloh (s.a.v.): «O’sha kuni ularda bug‘doy yo‘q edi. Agar
bo‘lganda, unga ham baraka tilab duo qilardilar. Agar suv va go‘sht uzluksiz Makkadan
boshqa joyda yeyilsa, sog‘liq uchun zararlidir (lekin duo barakotidan Makkada unday
emas)», deb aytdilar.)
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Ibrohim alayhissalom kelib: «Ismoil alayhissalom
qaerda?» deb so‘radilar. Kelinlari: «Ovga ketdilar», deb qaynotalariga: «Tushib
ovqatlanib ketmaysizmi?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Yemak va ichmaklaringiz
nima?» deb so‘radilar. Kelin: «Yemagimiz go‘sht, ichimligimiz suv», dedi. Ibrohim
alayhissalom: «Allohim, ularning yemak va ichmaklariga baraka ato et», deb duo
qildilar. (Rasululloh (s.a.v.): «Bu mo‘l-ko‘lchiliklar Ibrohim alayhissalom duolari
barakotidandir», dedilar.) Keyin Ibrohim alayhissalom kelinlariga: «Agar ering kelsa,
mening salomimni yetkaz. Va u darvoza ostonasini mustahkam qilsin», dedilar. Ismoil
alayhissalom qaytganlarida xotinlaridan: «Biror kishi keldimi?» deb so‘radilar. Xotinlari:
«Ha! Chiroyli suratdagi bir qariya keldi», deb u zotni maqtadi va: «Siz haqingizda
so‘ragan edi, men uning xabarini berdim. Yana yashashimiz haqida ham so‘ragan edi,
men yaxshi holatdamiz, deb aytdim», dedi. Ismoil alayhissalom xotinlaridan: «Otam
biror narsa aytdilarmi?» deb so‘ragandilar, xotinlari: «Ha, sizga salom yo‘lladilar va
darvozangiz ostonasini mustahkamlashingizni buyurdilar», dedi. Ismoil alayhissalom:
«Bu kishi otam edi. Ostona, deb seni aytganlar. Seni mahkam ushlashimni
buyuribdilar», dedilar. Keyin Ibrohim alayhissalom Alloh xohlaganicha fursatda ular
oldiga kelmadilar. Qachonki, yana kelganlarida Ismoil alayhissalom Zam-zam yaqinidagi
katta daraxt ostida kamon o‘qi tayyorlayotgan edilar. Ismoil alayhissalom Ibrohim
alayhissalomni ko‘rganlarida xuddi bola ota bilan, ota bola bilan ko‘rishgani kabi
ko‘rishishdi. Ibrohim alayhissalom: «Ey Ismoil! Rabbim menga bir ishni bajarishni
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |