joylashtirdim. Parvardigoro, (ular) namozni to‘kis ado qilsinlar, deb (shunday
qildim). Bas, Sen O’zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo‘ygin va ularni
(barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad, shukr qilsalar» (Ibrohim surasi,
37-oyat).
Hojar o‘g‘illari Ismoilni emizib, haligi suvdan ichib yurgandilar, meshdagi suvlari tugab
qoldi. Hojar ham, o‘g‘illari Ismoil alayhissalom ham chanqab qolishdi. O’g‘illari
chanqaganidan yerga qarab yotganini ko‘rgan Hojar o‘g‘limni bu holatda ko‘rmayin, deb
yo‘lga ravona bo‘ldilar. Qarasalar, Safo tog‘i tog‘lar ichida ular turgan joyga eng yaqin
ekan. Safo tepasiga chiqib: «Biror kishi ko‘rinarmikan?» deb vodiy tomonga
yuzlangandilar, hech kimni ko‘rmadilar. Keyin Safodan tushib vodiyga yetganlarida,
ko‘ylaklarining bir tomonini ko‘tarib, xuddi holdan toygan odam yugurgani kabi sekin-
asta yugurib, vodiydan o‘tib ketdilar. Keyin Marvaga ko‘tarilib: «Biror kishi
ko‘rinarmikan?» deb yuzlangandilar, hech kimni ko‘rmadilar. Safo va Marva tepaligida
mana shu tarzda yetti marta yugurdilar. (Rasululloh (s.a.v.): «Odamlar (haj va umrada)
yetti marta sa’y qilib yugurishlari shuning uchundir», deganlar.)
Yana Marvaga ko‘tarilgandilar, bir ovoz eshitdilar: «Jim bo‘l!». Keyin: «Ey bu ovoz
egasi! Agar senda biror yordam bo‘lsa, o‘sha yordamingni bergin», dedilar. Qarasalar,
bir farishta Zam-zam chashmasi oldida tovoni yoki qanoti bilan (erni) ishqagan edi, suv
paydo bo‘ldi. Hojar qo‘llari ila mana bunday ko‘tarib havza qildilar hamda suvni
hovuchlab meshlariga quydilar. Har to‘ldirganlaridan keyin ham suv favvora bo‘lib otilib
chiqar edi. (Ba’zi rivoyatlarda «Hovuchlab olganlari miqdoricha otilib chiqar edi» bo‘lib
kelgan.)
(Rasululloh (s.a.v.) «Alloh Ismoil alayhissalomni rahmatiga olsin, agar Zam-zam
suvini havza qilmay, shundayligicha qoldirganlarida yoki hovuchlamay olganlarida edi,
shu Zam-zam suvi bir oquvchi buloq-chashma bo‘lar edi», dedilar.)
Hojar suvdan ichdilar va farzandlarini emizdilar. Farishta Hojarga: «Halok bo‘lib
ketishdan qo‘rqmang! Chunki kelajakda bu yerda Alloh uchun bir uyni bu bola va uning
otasi bino qiladi. Albatta Alloh o‘z ahlini halok qilmaydi», dedi. Ilgari Baytulloh tepalikda
edi. Sel oqizgudek bo‘lsa, o‘ng va chap tarafidan o‘tib ketar edi. Ana shu muddatda
davom etdi, hattoki Jurhum jamoasidan yoki qabilasidan bir toifa kishilar Kado nomli
tomondan kelayotib, Makkaning pastki tomoniga tushishgan edi, qanot qoqib turgan
qushlarni ko‘rishdi. Va: «Albatta qushlar suv bor joylarda aylanishadi. Bizlar ko‘pdan beri
bu vodiydan o‘tar edik, ammo suv bo‘lmas edi», deyishdi. Keyin bir yoki ikki elchini bilib
kelish uchun yuborishdi. Ular borib qarashsa, suv bor ekan. Qaytib kelib suv borligi
xabarini berishdi. U qabila Zam-zam oldiga borishsa, Hojar turibdilar. Shunda ular:
«Mana shu yerdan manzil qilishga ijozat berasizmi?» deb so‘rashdi. Hojar: «Ha, ijozat
beraman. Lekin suv (xususida men xo‘jayinman). Sizlarning bunda haqqingiz yo‘qdir»,
dedilar. Ular bu shartga ko‘nib «Xo‘p», deyishdi. (Rasululloh (s.a.v.): «Hojarning ularga
yashashlari uchun izn berishlariga sabab bu ayol tanho yashab hamrohlarga muhtoj
bo‘lganlari uchundir», dedilar.) Keyin ular ahli-bolalarini olib kelish uchun odam
jo‘natishdi. Ular olib kelinib o‘sha yerga joylashtirildi. Shunday qilib, u yerda xonadonlar
paydo bo‘ldi. Ismoil alayhissalom yigit bo‘lib, ulardan chiroyli tarzda arab tilini
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |