www.ziyouz.com kutubxonasi
315
368-bob
Alloh va Uning rasuli man qilgan narsalarni sodir etishdan
ogohlantirish haqida
Alloh taolo:
«(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna -
kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!» (Nur
surasi, 63-oyat);
«Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» (Oli Imron surasi, 30-oyat);
«(Ey Muhammad alayhissalom), shak-shubhasiz, Parvardigoringizning (kofirlarni
azob bilan) ushlashi qattiqdir» (Buruj surasi, 12-oyat);
«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan
shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli
va qattiqdir» (Hud surasi, 102-oyat), deb aytgan.
1805/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh
g‘azab qiladi. Allohning g‘azabi bir kishi Alloh harom etgan narsalarni bajarsa, ro‘yobga
chiqadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |