365-bob
Za’faron rangli kiyim kiyishning haromligi haqida
1797/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kishilarga za’faron rangli
libos kiyishni man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1798/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bir
kuni mening ustimda ikkita sarg‘ish, zahil rangga bo‘yalgan kiyimni ko‘rib: «Onang
mana shuni kiyishga buyurdimi?» dedilar. Men: «Rangini ketkazib yuvib yuboraymi?»
desam, u zot: «Balki yondirib tashlagin», dedilar».
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bu kabi sarg‘ish, zahil rangli
liboslar kofirlarning kiyimidir. Sen bunday kiyimlarni kiymagin», deb aytganlar. Imom
Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |