www.ziyouz.com kutubxonasi
318
birinchi bo‘lib tuyasi (suv ichadigan) havzani isloh qilib turgan kishi eshitadi. Avval o‘sha
kishi o‘ladi. Keyin atrofidagi kishilar o‘la boshlaydi. So‘ngra Alloh taolo shudring kabi
(mayda) yomg‘ir tushiradi. U yomg‘ir ularning jasadlarini yetiltiradi. Keyin ikkinchi daf’a
sur chalinganida, barcha xaloyiq tirilib (mahshargohni) ko‘radi. So‘ngra: «Ey odamlar,
Rabbilaringiz tomon kelinglar», degan ovoz bo‘ladi. Va farishtalarga: «Ularni
to‘xtatinglar, chunki ular (dunyo hayotida qilgan amallaridan) so‘roq qilinadi», deb
buyruq etiladi. Keyin yana: «Do‘zaxga boradiganlarini ajratinglar», deb buyruq qilinadi.
Farishtalar: «Qancha kishidan nechtasini ajratib olaylik?» deyishadi. Shunda: «Har
mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini», deb javob qilinadi. Ana o‘sha kunda
(qiyomat dahshatidan) yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Ana o‘sha kunda ishlarning
haqqiqati ochiladi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati.
1810/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol barcha shaharlarga
kiradi. Faqatgina Makka bilan Madinaga kira olmaydi. Chunki bu ikki shaharning
teshiklarida farishtalar saf bo‘lib qo‘riqlab turishadi. Qachonki, Dajjol Madina
tashqarisidagi sho‘r yerlarga yetganida, Madinada uch bora yer silkinadi. U sababli Alloh
taolo barcha kofir va munofiqlarni u yerdan chiqarib yuboradi», dedilar. Imom Muslim
rivoyati.
1811/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjolga Isfahon
yahudiylaridan yetmish mingtasi ergashadi. Ularning ustilarida a’yonlar kiyadigan yashil
rangli maxsus kiyim bo‘ladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.
1812/6. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar Dajjol
fitnasidan xavfsirab tog‘larga qochib ketishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1813/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam
(alayhissalom) yaratilishlari bilan qiyomat kuni oralig‘ida Dajjoldan ko‘ra kattaroq fitna
bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1814/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol
paydo bo‘lganida mo‘minlardan bir kishi u bilan ko‘rishish maqsadida yo‘lga chiqadi.
Unga yetmasdan Dajjolning josuslari bilan uchrashib qoladi. Ular mo‘minga: «Qayoqqa
ketishni qasd qilyapsan?» deyishadi. Mo‘min: «Yangi paydo bo‘lgan Dajjolning
huzuriga», deydi. Ular: «O’sha sen Dajjol, deb aytayotganing bizning rabbimizdir. Sen
bizning rabbimizga iymon keltirmadingmi?» deyishadi. Mo‘min: «Bizning Rabbimiz
maxfiy emasdir», deydi. Ular: «O’ldiringlar», deyishadi. Shunda ularning ba’zilari
ba’zilariga: «Rabbilaringiz o‘zining iznisiz biror kishini o‘ldirishidan man etmaganmi?»
deyishadi-da, mo‘minni Dajjol huzuriga olib borishadi. Qachonki, mo‘min Dajjolni
ko‘rganda: «Ey odamlar! Rasululloh (s.a.v.) zikr etgan Dajjol mana shudir», deb xabar
beradi. Dajjol: «Buni ushlab, boshini yoringlar», deydi. Mo‘min orqasi va qorniga qattiq
zarb ila kaltaklanadi. Dajjol: «Menga iymon keltirmaysanmi?» desa, mo‘min: «Sen o‘sha
yolg‘onchi Dajjoldirsan», deydi. Keyin u mo‘minni arralab yuborishni amr qiladi. Va
o‘rtasidan arra tortib bo‘lib tashlanadi. Hatto oyog‘ini ham ikkiga bo‘lib yuborishadi.
So‘ngra Dajjol ikkiga bo‘lingan qism orasidan yurib: «O’rningdan tur», deydi. U mo‘min
o‘rnidan turadi. Dajjol: «Endi menga iymon keltirasanmi?» desa, mo‘min: «Menga
shubhasiz ma’lum bo‘ldiki, sen o‘sha Dajjolsan. Ey odamlar! Dajjol menga qilgan qilig‘ini
boshqa hech kimga qila olmaydi», deydi. Dajjol mo‘minni so‘yish maqsadida
ushlaganida, Alloh taolo mo‘minning gardani bilan bo‘yni orasini (so‘ya olmasligi uchun)
mislab qo‘yadi. Dajjol uni so‘yishga yo‘l topa olmaydi. Yo‘l topa olmaganidan keyin oyoq-
qo‘lidan ushlab olovga uloqtirib yuboradi. Odamlar uni olovga tashlandi, deb gumon
qilishadi. Aslida u jannatga tashlangandir. Mana shu kishi olamlar Rabbi huzuridagi
shahidlarning eng ulug‘ maqomidagisidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Buxoriy
mana shu ma’nodagi hadisning ba’zi qismini rivoyat qilganlar.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |