www.ziyouz.com kutubxonasi
317
deydi. Keyin Alloh Ya’juj va Ma’juj toifasini yuboradi. Ular har balandlikdan (sel kabi)
tezlik bilan yer yuziga tarqalishadi. Ularning avvalgilari Tabariyya nomli ko‘lmak oldidan
o‘tib, suvning (hammasini) ichib ketishadi. Ularning oxirgilari (u ko‘lmakda suv
qolmaganini ko‘rib): «O’zi bu yerda biror marta suv bo‘lganmi?» deyishadi. Bu paytda
Iso alayhissalom va u zotning ashoblari bir tomonda yotishadi. Qiynalib ketishganidan
birortalariga bitta ho‘kiz boshi topilishi yuz dinordan yaxshidir. Allohning nabiysi Iso
alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvorib (bu fojeadan xalos etishni)
so‘rashadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, yomon qavmga qurt balosini
yuboradi. Barchalari bir daf’ada halok bo‘lishadi. Keyin Allohning nabiysi Iso
alayhissalom va u zotning ashoblari (tog‘lardan) yerga tushishadi. Va u yerda ular
badbo‘y hid tarqalmagan biror qarich joy topa olishmaydi. Yana Allohning nabiysi Iso
alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvborib (bu hidlar bartaraf bo‘lishini
so‘rab) duo qilishadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, tuyaning bo‘ynidek
qushlarni yuboradi. U qushlar qurtlarni olib Alloh xohlagan tomonga eltib tashlaydi.
Keyin Alloh taolo bir yomg‘irni yuboradi. U yomg‘ir biror uy yoki chayla qoldirmay oqizib
ketadi. Hatto yer tozalanganidan sirpanchiq bo‘lib silliqlanadi. Keyin yerga «Mevalaringni
hosilga kirgizib, barakalaringni ato et», deyiladi. Ana o‘sha kunlarda bir dona anorga
katta bir jamoa to‘yib, po‘stloqlarini soyabon qilishadi. Alloh sutlarga ham shu darajada
baraka beradiki, bitta sutli tuya odamlarning katta bir jamoasiga kifoya qiladi. Va yana
bitta sutli mol katta bir qabilaga kifoya qiladi. Sutli bir echki katta bir oilaga kifoya etadi.
Ular shunaqa to‘kinchilik bilan turishganida, Alloh taolo bir xushbo‘y havo yuboradi.
Havo ularning qo‘ltig‘i ostiga joylashib, uning asaridan barcha mo‘min va musulmonlar
vafot etishadi. Yer yuzida faqat yomon kishilar qolishadi. Ularning erkaklari ayollar bilan
xuddi eshaklar bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishgani kabi xotirjam ish bajaraverishadi. Ular
shu holatda turishganida qiyomat qoim bo‘ladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
1808/2. Rib’iy ibn Hiroshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Mas’ud al-Ansoriy bilan birga
Huzayfa ibn Yamonning (r.a.) huzurlariga bordik. Abu Mas’ud (r.a.) Huzayfaga (r.a.):
«Rasulullohdan (s.a.v.) Dajjol haqida eshitgan narsangizni gapirib bering», dedilar.
Huzayfa (r.a.): «Dajjol haqiqatda chiqadi. U bilan birga suv va olov bo‘ladi. Odamlar
unda suv, deb ko‘rgan narsalari aslida kuydiradigan olov bo‘ladi. Odamlar unda olov,
deb ko‘rgan narsalari aslida shirin, muzdek suv bo‘ladi. Kim Dajjol zamonida yashasa,
olov, deb ko‘ringan narsaga tushaversin. Chunki aslida u pok, shirin suvdir», dedilar.
Abu Mas’ud (r.a.): «Men ham Rasulullohdan (s.a.v.) xuddi shuni eshitganman»,
dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1809/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol
(bir kun kelib) ummatimda zohir bo‘ladi. Va qirq (kun, oy, yil) turadi. (Roviy: «Kunmi,
oymi, yilmi, aniq bilmayman», dedilar.) Keyin Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U
zot Dajjolni axtarib topib, uni halok etadilar. Keyin odamlar yetti yil osoyishta
yashashadi. Shu darajada tinch yashashganidan ikki kishi orasida adovati borlari
uchratilmaydi. So‘ngra Alloh taolo Shom tomonidan sovuq bir shamolni yuboradi. Uning
asoratidan yer yuzida qalbida zarra miqdoricha yaxshilik yoki iymon bor kishi tirik
qolmaydi. Agar o‘sha yaxshi yoki iymonli kishi tog‘ bag‘riga kirib ketsa ham, haligi
shamol uning ortidan kirib o‘ldirib chiqadi. Yer yuzida faqat yengil qushlar va beaql
yirtqichlar kabi yomonga shoshuvchi razil kishilar qoladi. Ular na yaxshilikni taniydi va
na yomonlikni inkor etadi. Shayton ularga bir suratda ko‘rinib: «Sizlar mening so‘zimga
quloq solmayapsizlar», deydi. Ular: «Nimani bajarishimizni buyurasan?» deyishadi. U
butlarga ibodat qilishni buyuradi. Ular shaytonning aytganini qilishganidan keyin rizqlari
mo‘l-ko‘l bo‘lib, hayotlari yaxshilanadi. Keyin sur chalinadi. Uni eshitgan kimsa
bo‘ynining bir tomoni moyil bo‘lib, ikkinchi tomoni ko‘tarilib qoladi. Bu surning ovozini
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |