www.ziyouz.com kutubxonasi
319
1815/9. Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biror kishi Rasulullohdan
(s.a.v.) Dajjol haqida menchalik so‘ramagan. U zot: «Senga Dajjol zarar bera olmaydi»,
deganlar. Men: «Odamlar Dajjol ixtiyorida tog‘dek noni va anhorda suvi bor, deyishadi»,
desam, u zot: «Dajjol Alloh qoshida bu qadar narsaga loyiq emasdir», dedilar». Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1816/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror payg‘ambar kelgan
bo‘lsa, albatta ummatlarini bir ko‘zli yolg‘onchi (Dajjol)dan qo‘rqitganlar. Ogoh
bo‘linglar, Dajjol bir ko‘zlidir. Rabbilaringiz azza va jalla bir ko‘zli emasdir. Dajjolning ikki
ko‘zi orasiga k, f, r harflari, ya’ni «kofir bo‘ldi», deb yozib qo‘yilgandir», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1817/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga
Dajjol haqida biror payg‘ambar o‘z qavmiga aytmagan narsaning xabarini beraman. U
Dajjol bir ko‘zlidir. U o‘zi bilan birga jannat va do‘zax misolidagi narsani olib keladi.
Dajjol jannat, deb ko‘rsatgan narsasi aslida haqiqiy do‘zaxdir», deb aytdilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1818/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni odamlar
orasida turib: «Albatta Alloh taolo bir ko‘zli emasdir. Masih-ad-Dajjol esa bir ko‘zlidir.
O’ng ko‘zi yo‘qdir. Bor ko‘zi esa suvda balqib turgan uzum donasi kabidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1819/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmonlar
bilan yahudiylar urushmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. O’sha paytda yahudiylar tosh
va daraxtlar orqasiga yashirinib olishadi. Tosh va daraxtlar tilga kirib: «Ey musulmon,
mana orqamda yahudiy turibdi, kelib uni o‘ldirgin», deydi. Faqatgina o‘arqad nomli
tikonli daraxt chaqirmaydi. Chunki u yahudiylar daraxtidir», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1820/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim
Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, kishi qabr oldidan o‘tib, u qabrga yuzlarini surtib:
«Koshkiydi, mana shu qabr ichida men bo‘lsam», deb aytmagunicha dunyo tamom
bo‘lmaydi. U kishi bu so‘zlarni dindorligidan emas, balki turli musibatlarga duchor
bo‘lganidan aytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1821/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Iroqdagi) Furot
daryosi ostidan tilla tog‘ topilmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Uni deb odamlar
urishishadi. Va har yuztadan to‘qson to‘qqiztasi halok bo‘ladi. Ularning har biri «Koshki,
men unga erishsam», deb umid qiladi», dedilar.
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Yaqin kunlarda Furot daryosi
ostidan tilla koni topiladi. Kim o‘sha paytda hozir bo‘lsa, undan biror narsa olmasin»,
deb aytganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1822/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Madinaliklar bir
kun kelib u yer nihoyatda yaxshi bo‘lganida tashlab ketishadi. U vaqtda Madinada
yirtqichlar va qushlargina qoladi. Madinada oxirgi yig‘iladiganlar Muzayna qabilasidan
bo‘lgan ikki cho‘pon bo‘ladiki, ular Madinani ko‘zlab ketishayotgan edi. Yaqiniga
borishganida qo‘ylari ovoz chiqarib yuboradi. Ular Madinani vahshiy hayvonlar bilan
to‘lgan holda topishadi. Qachonki, Saniyatul vado’ga yetishganida yuzlari bilan yiqilib
(jon berishadi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1823/17. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zamon
oxirlaganda xalifalaringizdan shunday bir kishi bo‘ladiki, mol ulashsa, hovuchlab beradi,
sanab o‘tirmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1824/18. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Odamlarga shunday zamon keladiki, unda bir odam tilladan bo‘lgan zakotni olib aylanib
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |