351-bob
Odamlarning yo‘llariga, soyalanadigan joylariga va suv oladigan
erlariga hojat ushatishdan qaytarilgani haqida
Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi,
58-oyat), deb aytgan.
1770/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «La’natga sabab
bo‘luvchi ikki ishdan chetlaninglar», deganlarida, sahobalar: «La’natga sabab bo‘luvchi u
ikki ish nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Odamlarning yo‘li va soyalanadigan
makonlaridan hojatxona o‘rnida foydalanish», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |