www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Ma’nosi: «Qachonki, Allohning yordami va g‘alabasi kelsa va odamlar to‘p-
to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol
Parvardigoringizga hamd aytish bilan poklab yod eting va U Zotdan mag‘firat
so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir» (Nasr surasi, 1-3-
oyatlar).
115/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Alloh azza va jalla Rasululloh (s.a.v.)
vafotlaridan oldin vahiyni orqama-orqa tushirdi, hattoki Rasululloh (s.a.v.) vahiy ko‘p
tushib turgan paytda vafot etdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
116/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir banda qanday
o‘lgan bo‘lsa, o‘sha holatida qayta tiriltiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |