www.ziyouz.com kutubxonasi
40
bo‘lib, quyoshda turib soyalanmaslikka, o‘tirmaslikka, gapirmaslikka va ro‘za tutishlikka
nazr qilgan», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Unga buyuringlar, gapirsin, soyalansin,
o‘tirsin hamda ro‘zasini tamomlasin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
15-BOB
Amallarning bardavom bo‘lishini muhofaza qilish bayoni
Alloh taolo:
«Imon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo‘lgan Haq -
Qur’onga moyil bo‘lish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek, ular uchun) ilgari kitob
ato etilgan.
So‘ng (ular bilan payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan
kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasroniylar)
kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi?)» (Hadid surasi, 16-oyat);
«So‘ngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘am-barlarimizni yubordik va Iso
Do'stlaringiz bilan baham: |