www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Har bir qadam uchun daraja bordir», deyilgan.
Imom Buxoriy ham shu ma’nodagi hadisni Anasdan (r.a.) rivoyat qilganlar.
137/21. Abu Munzir Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi (bu kishining
kimligini bilmayman) masjiddan uzoqroq joyda turardi-da, biror namozni qoldirmas edi.
U kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘u zulmatda va qattiq issiq bo‘lganda
minib kelsang bo‘lmaydimi?» deb aytganimda, u kishi: «Manzilim masjid yonida bo‘lishi
meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va ahlimga qaytishimdagi
qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) (buni eshitib):
«Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi», dedil ar ». Imom Muslim
rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Senga umid qilgan savobing (berildi)», deyilgan.
138/22. Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.): «Qirqta xislat bor, ularning eng oliysi - sutini sog‘ib ichish uchun
echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da
qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
139/23. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xurmoning
yarmini (berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh
(s.a.v.): «Sizlarning har biringiz bilan Rabbingiz (Qiyomatda) o‘rtaga tarjimon qo‘ymay
so‘zlashadi. U kishi o‘ng tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani
ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi.
Oldiga qaraydi. Bas, ro‘parasida do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan,
xurmoning yarmini (berib
bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar. Kim buni ham topa olmasa, yaxshi so‘zlarni aytib
bo‘lsa ham (do‘zaxdan o‘zini saqlasin)», dedilar».
140/24. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror ovqatni yeb hamd
aytgan, biror ichimlik ichib hamd aytgan bandasidan Alloh taolo albatta rozi bo‘ladi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
141/25. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmonga
sadaqa (qilish) lozim», deganlarida, «Agar uni topa olmasa-chi?» deb aytishdi.
Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘li bilan ishlab topib o‘zi ham foydalanadi va sadaqa ham qiladi»,
dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.):
«Bechorahol muhtojga yordam bersin», dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?»
deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Yaxshilikka buyursin», dedilar. «Agar buni ham qila
olmasa-chi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «O’monlikdan o‘zini tiysin. Shunday
qilishi ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |