12-BOB Umr oxirida yaxshiliklarni ko‘paytirishga targ‘ib qilish bayoni
Alloh taolo:
«Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirguvchi (payg‘ambar) ham kelgan edi-ku!» (Fotir surasi, 37-oyat) deb aytgan.
Ibn Abbos va muhaqqiq olimlar « ... uzun umr bermaganmidik»ning ma’nosi oltmish
yil umr bermaganmidik»dir, deyishdi. Quyidagi zikr qiladigan hadisimiz bu ma’noni
quvvatlab keladi. Ba’zilar buni o‘n sakkiz yil, deyishdi. Yana boshqalar qirq yil, deyishdi.
Hasan, Kalbiy, Masruqlar Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagilarni naql qilishdi: «Madina
ahlidan birortasining yoshi qirqqa yetsa, o‘zini ibodat qilish uchun bag‘ishlar edi».
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy