Alloh taolo:
«Albatta Alloh sizlarni omonatlarni o‘z egalariga topshirishga buyuradi» (Niso surasi, 58-oyat);
«Agar bir-birlaringizga omonat qo‘ysangiz, omonat qo‘yilgan kishi omonatini ado qilsin» (Baqara surasi, 283-oyat), deb aytgan.
1610/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Badavlat kishining
(qarzini, omonatini va birovlarning haqqini berishda) kechiktirishi zulmdir. Agar
(kambag‘al kishi) puldor kishidan qarzini berib yuborishini talab qilsa, qabul etsin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.