Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet440/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
282-bob 
Xizmatkorini, hayvonlarni, xotinini va bolasini shar’iy 
sababsiz yoki odob chegarasidan chiqish darajasida qiynamoqdan 
qaytarilgani haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh 
qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga 
va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta Alloh o‘zlari baxillik 
qiladigan va o‘zga odamlarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu 
karamidan bergan ne’matlarni yashiradigan mutakabbir va maqtanchoq 
bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36-oyat), deb aytgan. 
1599/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir xotin mushuk 
sababli azobga mustahiq bo‘ldi. Ya’ni, uni qafasga qamab o‘ldirgani sabab do‘zaxga doxil 
bo‘ldi. U xotin mushukni qafasga solib ovqat ham, ichimlik ham bermadi. Agar 
qamamasdan qo‘yib yuborganda edi, yerdagi (o‘z nasibasi bo‘lgan) hasharotlarni yeb 
(hayotini saqlar) edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1600/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir kuni qurayshlik yigitlar oldidan 
o‘tdilar. Ular bir tirik qushni nishon qilib unga (nayza) otishayotgan edi. Yigitlar Ibn 
Umarni ko‘rib qolib tarqalib ketishdi. Ibn Umar (r.a.): «Buni kim qildi? Alloh la’natlagur, 
qaysi kishi qildi? Rasululloh (s.a.v.) ham tirik jonni nishon qilgan kishini la’natlaganlar», 
deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1601/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hayvonlarni (nayza otib 
o‘ldirish niyatida) nishon qilishdan man qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1602/4. Abu Ali Suvayd ibn Muqrindan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Muqrinning yettita 
bolalaridan biridirman. Bizning bir xizmatkorimiz bor edi. Kichik ukam unga shapaloq 
tortib yuboribdi. Rasululloh (s.a.v.) bizga ana shu xizmatkorni ozod qilishni buyurdilar». 
Imom Muslim rivoyati. 
1603/5. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men bir xizmatkorimni 
qamchi bilan urayotgan edim, nogahon orqamdan «Bilgin, ey Abu Mas’ud», degan 
ovozni eshitdim. Jahlim chiqib turgani sababli kimning ovoziligini anglamadim. 
Gapirayotgan kishi Rasululloh (s.a.v.) ekanlar. U zot: «Bilginki, ey Abu Mas’ud, sen bu 
bolaga azob berishingdan ko‘ra, Alloh seni azoblashga qodirroqdir», dedilar. Buni 
eshitgandan keyin bundan so‘ng birorta qulni aslo urmayman, deb aytdim». 
Boshqa rivoyatda «U zotning haybatlaridan qo‘limdagi qamchi tushib ketdi» bo‘lib 
kelgan. 
Yana boshqa rivoyatda: «(Men): «Ey Allohning rasuli, Allohning roziligi uchun bu 
ozoddir», desam, u zot: «Agar shunday qilmaganingda ham do‘zax seni kuydirar yoki 
o‘ziga olar edi», deb aytdilar», deyiladi. Bularning hammasini Imom Muslim rivoyat 
qilganlar. 
1604/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qilmagan ishiga 
xizmatkorini jazolasa yoki shapaloq ursa, uning kafforati qulni ozod qilishdir», deb 
aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
1605/7. Hishom ibn Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Shom shahrida 
bir necha dehqonning oldidan o‘tdilar. O’sha dehqonlarni quyosh tagiga qo‘yib, 
ustilaridan yog‘ quyilayotgan ekan. Hishom (r.a.): «Bu nimasi?» dedilar. «Xiroj (solig‘i) 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
berishmagani sababli azoblanishmoqda», deyildi. (Boshqa rivoyatda: «Jizya 
berishmagani sababli hibs qilingan», deyilgan.) Hishom (r.a.): «Guvohlik berib 
aytamanki, Rasululloh (s.a.v.) 
«Albatta Alloh hayoti dunyoda odamlarni 
azoblaydiganlarga azob beradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Va boshliqning 
oldiga kirib unga ham bu so‘zlarni aytgandilar, boshliq ularni bo‘shatishni buyurdi. Imom 
Muslim rivoyati. 
1606/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan 
eshakni ko‘rib bu holatdan ranjidilar. Ibn Abbos (r.a.): «Allohga qasamki, yuziga hech 
tamg‘a urmayman. Faqatgina yuzidan pastga tamg‘a uraman», dedilar. Eshaklarini olib 
kelish buyurildi. Va ikki soni yuqori tarafidagi dumi atrofiga tamg‘a urildi. Ibn Abbos 
eshagini ana shu yeriga tamg‘a urdirganlarning birinchisidirlar. Imom Muslim rivoyati.  
1607/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan 
eshakning oldidan o‘ta turib: «Alloh mana shunaqa tamg‘a qiluvchilarni la’natlagan», 
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Rasululloh (s.a.v.) yuzga urishdan va yuzga 
tamg‘a tushirishdan man etdilar» bo‘lib kelgan. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish