260-bob
Yolg‘onning haromligi haqida
Alloh taolo:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma» (Isro surasi, 36-oyat);
«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat), deb aytgan.
1541/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rostgo‘ylik
yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga olib boradi. Kishi rost so‘zlab yuradi.
Oqibatda Alloh huzurida siddiq (rostgo‘y), deb yoziladi. Yolg‘onchilik yomonlikka olib
boradi. Yomonlik esa do‘zaxga olib boradi. Kishi yolg‘on so‘zlab yuradi. Va Alloh huzurida
kazzob (yolg‘onchi), deb yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1542/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlarda to‘rt toifa kishi borki, ularda aniq munofiqlik bor. Kimda ana shu xislat bo‘lsa,
to uni tark qilmagunicha undagi nifoqlik xislati ketmaydi. Agar omonat berilsa, xiyonat
qiladi. Agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Agar ahdlashsa (shartnoma tuzilsa), buzadi. Agar
xusumatlashilsa, nomussizlik qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1543/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ko‘rmagan
tushini ko‘rdim, deb aytsa, qiyomat kuni qo‘liga ikkita arpa berib, uni bir-biriga bog‘lash
buyuriladi. U esa bu ishni hargiz qila olmaydi. Kim bir jamoaning (o‘zaro) suhbatiga
quloq solsa, ular esa buning tarqalishini karih ko‘rishsa, qiyomat kuni eshitgan kishining
ikki qulog‘iga qalayi quyiladi. Kim biror surat chizsa, chizgan kishini qiyomat kunida
azoblab, unga jon kiritishga buyuriladi. U esa buning uddasidan chiqa olmaydi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyati.
1544/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi ko‘rmagan
narsasini ko‘zim bilan ko‘rdim, desa, o‘sha yolg‘onchilarning eng yolg‘onchisidir»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
1545/5. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) ko‘pincha
sahobalaridan «Sizlardan birortangiz tush ko‘rdimi?» deb so‘rardilar. Agar sahobalar
orasida tush ko‘rgani bo‘lsa, Alloh xohlaganicha so‘zlab berar edi. Kunlarning birida
Rasululloh (s.a.v.) tongda huzurimizga chiqib ko‘rgan tushlarini quyidagicha so‘zlab
berdilar: «Tunda ikki kishi kelib, biz bilan yurgin, deyishdi. Men ular bilan birga ketdim.
Yurib yotgan bir kishining oldiga bordik. Qarasak, uning oldida tosh ko‘tarib boshqa bir
kishi turibdi. O’sha turgan kishi yotganning boshiga tosh bilan urar, uning boshi esa
maydalanib ketardi. Tosh esa uzoqqa dumalab ketardi. Urgan kishi toshning orqasidan
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |