www.ziyouz.com kutubxonasi
269
vaqtida) ribo (sudxo‘rlik bilan) yeyuvchidir. Beshinchisi, ko‘rinishi xunuk bo‘lgan, olov
yoqib uning atrofida aylanib yuruvchi kimsa do‘zax xazinaboni Molik ismli farishtadir.
Oltinchisi, bog‘dagi uzun bo‘yli kishi Ibrohim alayhissalomdirlar. Atroflaridagi yosh
bolalar esa (Islom) fitratida vafot etgan yosh go‘daklardir», deyishdi». (Imom Barqoniy
rivoyatlarida esa «(Islom) fitratida tug‘ilgan bolalardir» bo‘lib kelgan.) Bu so‘zni eshitib
turgan ba’zi musulmonlar: «Ey Allohning rasuli, mushriklarning bolalari-chi?» deyishgan
edi, Rasululloh (s.a.v.) «Mushriklarning ham bolalari shundoq», dedilar. Yana:
«Hamrohlarim: «Haligi yarim qismi chiroyli va yarim qismi xunuk bo‘lgan kishilar
(hayotlik vaqtlarida) yaxshi amallar bilan yomon amallarni aralashtirib yuborganlardir.
Alloh esa ularning gunohlarini kechirib yubordi», deyishdi», dedil ar ». Imom Buxoriy
rivoyati.
Boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Bu kecha (tushimda) ikki kishi kelib meni
muqaddas yerga olib chiqishdi. Keyin biz tandir kabi g‘orga bordik. Uning yuqorisi tor va
osti keng edi. Ostidan olov yoqilar edi. Agar olov balandlasa, ular ham ko‘tarilib chiqib
ketishlariga oz qolar edi. Agar olov so‘nsa, yana pastlashar edi. Uning ichida yalang‘och
erkagu ayollar bor edi. Hatto biz qondan bo‘lgan anhor oldiga keldik. Buning qon
ekaniga shak-shubha yo‘q. Anhorning o‘rtasida bir kishi, qirg‘og‘ida esa oldiga toshlarni
to‘plab boshqa kishi turar edi. Agar anhor o‘rtasidagi kishi qirg‘oqqa chiqishni xohlasa,
qirg‘oqdagi kishi uning og‘ziga tosh otib, uni avvalgi joyiga qaytarib qo‘yar edi. Har gal
suvdan chiqish uchun qirg‘oqqa kelsa, og‘ziga tosh bilan urib, avvalgi joyiga qaytarib
qo‘yar edi». Shu rivoyatda yana aytiladi: «Ikkovlari men bilan daraxtga ko‘tarilishdi. Va
bir hovliga olib kirishdi. Men bunday chiroyli uyni hech ko‘rmaganman. U yerda keksa va
kichik yoshli kishilar bor ekan». Yana keltiriladi: «Jag‘i ikkiga bo‘linayotgan kishi
(hayotlik vaqtida) kazzob edi. U yolg‘onni gapirardi. O’sha yolg‘on butun olamga yoyilar
edi. Bunga azob to qiyomat kunigacha beriladi». Shu rivoyatda yana: «Boshi
yanchilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) Alloh unga Qur’onni o‘rgatgan edi-yu, lekin u
kechalarini uyqu bilan o‘tkazib, kunduzi u Qur’on ichidagi narsalarga amal qilmas edi.
Yuqoridagi azob bilan qiyomat kunigacha jazolanadi. Avvalgi kirgan hovli umumiy
mo‘minlar hovlisidir. Mana bunisi esa shahidlar hovlisidir. Men Jabroilman. Bu esa
Mikoildir. Endi boshingni ko‘targin, deyishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, ustimda bulut
kabi narsa turibdi. Ikkovlari: «Bu sening manzilingdir», deyishdi. Men: «Qo‘yib
yuboringlar, o‘z manzilimga kirayin», desam, ikkovlari: «Hali tugamagan umring qoldi.
Agar umring oxiriga yetsa (ya’ni, vafot etsang), o‘z manzilingga albatta borasan»,
deyishdi», deyiladi. Imom Buxoriy rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |