208-BOB
Tahiyatul masjid namozini o‘qishga targ‘ib hamda qaysi vaqtda
masjidga kirsa, namoz o‘qishdan oldin (xoh u ikki rakaat
tahiyatul masjid, xoh farz, xoh sunnat yoki boshqa namoz bo‘lsin)
o‘tirishning karohiyati to‘g‘risida
1143/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan
biringiz masjidga kiradigan bo‘lsa, to ikki rakaat namoz o‘qimaguncha o‘tirmasin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1144/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot
masjidda ekanlar. Menga: «Ikki rakaat namoz o‘qigin», deb buyurdilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
Foyda: Bu hadisdan Tahiyatul masjid namozining ahamiyatli ekani tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |