Juma kunining fazilati, uning shartligi, u kunda g‘usl qilish,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
214
xushbo‘y narsalar surtish, kechikmasdan ertaroq borish, duo bilan
mashg‘ul bo‘lish va Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytishning fazilati.
Hamda u kunda duolar ijobat bo‘ladigan vaqt bayoni va jumadan
keyin Allohning zikrini ko‘paytirishning mahbubligi
Alloh taolo:
«Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu
marhamatidan (rizqu ro‘z) istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad
najot topursizlar», (Jum’a surasi, 10-oyat) deb aytgan.
1146/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlarning eng
yaxshisi juma kunidir. Chunki juma kuni Odam yaratilgan va jannatga kiritilgan hamda
juma kuni u yerdan chiqarilgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1147/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki chiroyli
tahorat qilib, keyin masjidga kelib, va’zga jim quloq tutib tursa, ikki juma o‘rtasidagi va
yana uch kunni qo‘shib, hammasi bo‘lib, o‘n kun ichidagi gunohi kechiriladi. Kimki xutba
paytida mayda toshlarni ushlasa, befoyda (lag‘v) ishni bajaribdi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
1148/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jumadan
jumagacha, Ramazondan Ramazongacha besh vaqt namoz shu vaqt orasida bo‘lib o‘tgan
kichik gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (ulkan) gunohlardan saqlanilgan bo‘lsa»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1149/4. Abu Hurayra (r.a.) va Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ikkovlari
Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib aytgan quyidagi so‘zlarini eshitdilar. Rasululloh
(s.a.v.) «Qavmlar jumani tark qilishdan to‘xtashsin. Bo‘lmasa Alloh ularning qalblariga
muhr urib qo‘yadi. So‘ngra g‘ofillardan bo‘lib qoladilar», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
1150/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan
biringiz juma namoziga kelsa, yuvinib (g‘usl qilib) kelsin», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1151/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Juma kuni
yuvinish (g‘usl qilish) har bir balog‘atga yetgan kishiga ta’kidlangan buyruqdir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1152/7. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni
tahorat qilib, (juma namoziga) kelsa, yaxshi. Agar yuvinib, (g‘usl qilsa) afzaldir»,
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1153/8. Salmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi juma kuni
yuvinib, imkoni boricha tozalanib, xushbo‘y yog‘lardan, atirlardan surtib, keyin masjidga
borsa, u yerda ikki kishi orasidan suqilib o‘tmasa, nasib qilganicha namoz o‘qisa, imom
xutbada va’z qilayotganda jim turib eshitsa, o‘sha juma bilan keyingi juma orasidagi
gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
1154/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni
xuddi junublikdan yuvingani kabi g‘usl qilib, keyin masjidga borsa, go‘yoki bir tuyani
qurbonlik qilibdi. Kimki ikkinchi soatda, ya’ni ikkinchi bo‘lib masjidga borsa, go‘yo bir
sigirni qurbonlik qilibdi. Kimki uchinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo shoxli bir qo‘chqorni
qurbonlik qilibdi. Kimki to‘rtinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo tovuqni qurbonlik qilibdi.
Kimki beshinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo bir tuxumni ehson qilib, Allohga qurbat
(yaqinlashish) hosil qilibdi. Agar imom xutba aytish uchun joyidan chiqsa, farishtalar zikr
eshitish uchun hozir bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: Juma namoziga ertaroq borishning fazilati va unga targ‘ib haqida so‘z
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
215
boryapti. Qanchalik erta borsa, savobi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Va juma kuni farishtalar
hozir bo‘lib, xotirjamlik, rahmat olib kelishadi.
1155/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kunini zikr
qilaturib: «U kunda bir fursat bor. Agar musulmon bandaning namozda Allohdan biror
narsani so‘rashi o‘sha paytga muvofiq kelsa, Alloh u so‘ragan narsani beradi», dedilar.
Lekin Rasululloh (s.a.v.) o‘sha fursatning juda qisqa ekanligiga qo‘llari bilan ishora
qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1156/11. Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn
Umar (r.a.): «Siz otangizdan Rasulullohning (s.a.v.) juma kunidagi duolar qabul
bo‘ladigan fursat haqidagi hadislarini eshitganmisiz?» deganlarida, Abu Burda (r.a.):
«Ha, eshitganman. Rasululloh (s.a.v.) «U fursat imom xutbaga o‘tirganidan namoz
oxirigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idadir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1157/12. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlaringizning
eng afzali jumadir. O’sha kunda menga salavot aytishni ko‘paytiringlar. Chunki
salavotlaringiz menga ko‘rsatiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |