209-BOB
Tahoratdan keyin ikki rakaat nafl namozi o‘qishning mahbubligi
haqida
1145/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Bilolga (r.a.): «Ey
Bilol, Islomga kirganingdan keyin savobini eng umid qiladigan amalingni menga gapirib
ber. Chunki men jannatda old tomonimdan kavushing ovozini eshitdim», dedilar.
Shunda Bilol (r.a.): «Amallarim ichida savobi umid qilinadigan eng yaxshi amalim agar
kechasi yoki kunduzi men (tahorat qilibmi, g‘usl yoki tayammum qilibmi) poklanadigan
bo‘lsam, ana shu poklik bilan nasib qilganicha namoz o‘qir edim», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
210-BOB
Do'stlaringiz bilan baham: |