207-BOB
Quyosh ko‘tarilganidan to zavolga kelguncha zuho namozi o‘qishning joizligi.
Lekin issiq qattiqlashganda va choshtgoh ko‘tarilganda
o‘qishning afzalligi haqida
1142/1. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot zuho namozi o‘qiyotgan bir
qavmni ko‘rib: «Bular mana shu o‘qiyotgan fursatlaridan boshqa paytda o‘qishning
afzalligini bilishmaydimi? Albatta Rasululloh (s.a.v.) «Avvobiyn (Allohga tavba-tazarru
qiluvchi) larni zuho namozi o‘qiydigan paytlari tuya bolasi issiq qattiqlashganidan
tuyog‘ini yerga qo‘ya olmaydigan paytdir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |