www.ziyouz.com
kutubxonasi
326
hasharot Ibrohim alayhissalomni yondirish uchun yoqilgan olovni purkagandir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1863/57. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim
kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni bir zarbada o‘ldirsa, o‘sha kishiga shuncha va
shuncha hasanot bo‘ladi. Kim ikkinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha hasanot
bo‘ladi, ya’ni avvalgisidan ozroq. Kim uchinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha
hasanot bo‘ladi, ya’ni avvalgi ikkitadan ozroq bo‘ladi», dedilar.
Boshqa rivoyatda «Kim kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirsa, unga yuzta
hasanot yoziladi. Ikkinchi zarbada o‘ldirsa, undan ozroq hasanot yoziladi. Kim uchinchi
zarbada o‘ldirsa, ikkovidan ozroq hasanot yoziladi» bo‘lib kelgan.
1864/58. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bir kishi
sadaqa berish niyatida ko‘chaga chiqdi-da, (bilmagan holda) bir o‘g‘rining qo‘liga
topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir o‘g‘riga sadaqasini topshiribdi»,
deb gap tarqatishdi. U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida
ko‘chaga chiqib, (bilmagan holda) bir zinokorning qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir
kishi kechasi chiqib bir zinokorning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi.
U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida yana ko‘chaga chiqdi va
(bilmagan holda) bir boy kishining qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi
chiqib bir boyning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «O’g‘riga,
zinokorga va boyga sadaqani topshirganim uchun Allohga hamd bo‘lsin», dedi. Keyin bu
kishi tush ko‘rdi. Tushida unga: «O’g‘riga bergan sadaqang sababli shoyad o‘g‘ri u ishini
tark etsa, zinokorga bergan sadaqang sababli shoyad zinokor u ishini to‘xtatsa va boyga
bergan sadaqang sababli shoyad u boy ibratlanib, Alloh bergan mol-dunyodan infoq
qilsa», deyildi». Imom Buxoriy rivoyati.
1865/59. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
edik. U zotni taomga chaqirib bir qo‘yning qo‘lini pishirib olib kelishdi. U zot uning
atrofidan tishlab yedilar. Va aytdilar: «Qiyomat kuni men odamlarning sayyididirman.
Nima uchun shundayligini bilasizlarmi? Ana shu kunda Alloh taolo avvalidan to oxirgi
xalq qilingan kishigacha bo‘lgan kishilarni bir tepalikka jamlaydi. Qaralganda bir nazar ila
ko‘rish imkoni bo‘ladi. Barcha xaloyiq bir chaqiruvchining ovozini eshitadi. Quyosh ularga
yaqinlashtiriladi. Buning sababidan odamlar toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada
g‘am va xafalik yetadi. Odamlarga: «Sizlarga bo‘layotgan bu hodisalarga
qaramaysizlarmi? Rabbilaringizga bu to‘g‘rida kim shafe’ (vositachi) bo‘ladi, bunga ham
qaramaysizlarmi?» deyishadi. Shunda ba’zilari ba’zilariga: «Vositachi bo‘luvchi shaxs
otalaringiz Odam alayhissalomdirlar», deyishadi. Keyin ular u zotning huzurlariga borib:
«Ey Odam alayhissalom! Siz butun bashariyatning otasisiz. Alloh taolo sizni O’z qo‘li
bilan xalq qilib, jon ato etgan. Hamda farishtalarga buyurdi, ular sizga sajda qilishdi va
sizni jannatda turg‘izdi. Bizga shafe’lik (vositachilik) qiling. Bizga nima bo‘layotganini
ko‘rmayapsizmi?» deyishadi. Odam alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab
qildiki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunaqasi bo‘lmaydi.
Chunki u meni bir daraxtdan man qilgan edi. Men Unga osiylik qilib (eb qo‘ydim). Men
o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishi huzuriga boringlar. Nuh
payg‘ambarning huzuriga bora qolinglar», deydilar. Ular Nuh alayhissalom huzurlariga
borib: «Ey Nuh, siz yer yuzida birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni «Shukr qiluvchi banda»,
deb nomladi. Bizni bu kundagi ahvolimizga va bizga bo‘layotgan mana bu narsalarga
qaramaysizmi? Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling»,
deyishadi. Nuh alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu
kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga
vositachi bo‘la olmayman. Chunki men qavmimni duoibad qilib (xatoga yo‘l
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |