www.ziyouz.com
kutubxonasi
325
davom etaverganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr Misvar ibn Maxrama va Abdurahmon
ibn Asvadlarni chaqirib: «Alloh nomiga qasam ichib sizlardan iltimos qilamanki, meni
Oishaning (r.a.) oldilariga (yarashish uchun) olib boringlar. Chunki mendan arazlab nazr
qilib yurishlari halol emas», degandilar, Misvar va Abdurahmonlar qabul qilib Oisha (r.a.)
huzurlariga borishdi. «Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu,
kiraveraylikmi?» deb izn so‘rashgan edi, Oisha (r.a.): «Kiraveringlar», dedilar.
«Hammamizmi?» deyishgan edi, Oisha (r.a.): «Barchangiz kiringlar», dedilar. Chunki
Oisha (r.a.) ular bilan birga Abdulloh ibn Zubayr borligini bilmasdilar. Abdulloh u yerga
kirgach, Oishaga (r.a.) quchoq ochib, roziliklarini so‘rab, yig‘lay boshladilar. Birga kelgan
Misvar va Abdurahmonlar ham Abdulloh bilan gaplashishlarini va uzrlarini qabul
etishlarini so‘rab: «Albatta Rasululloh (s.a.v.) bunday arazlashishdan man etganlar.
Musulmon kishiga birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashish halol emas», deb aytishdi.
Qachonki, ikkovlari Oishaga (r.a.) nasihat qilib majburlayverishgandan keyin Oisha (r.a.)
ularga nazr qilganlarini eslatib, yig‘lagan holda: «Men nazr qilganman. Nazr og‘ir bir
narsadir, (qanday qilib nazrimni buzaman?)» dedilar. Ikkovlari yana iltimos
qilaverishganidan keyin Oisha (r.a.) Abdulloh ibn Zubayr bilan gaplasha boshladilar. Va
nazrni buzganlari uchun qirqta qulni ozod etdilar. Mana shundan keyin qachon shu nazr
buzilgan voqeani eslasalar, shu darajada yig‘lardilarki, oqqan yosh bosh va oldilarini
to‘sib turgan ro‘mollarini ho‘l qilib yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyati.
1859/53. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud g‘azotidan
sakkiz yil o‘tganidan keyin u yerda vafot etganlar haqqiga shu darajada duo qildilarki,
go‘yo u tirik va o‘liklar bilan vidolashishga o‘xshardi. Keyin qaytib masjid minbariga
ko‘tarilib: «Men sizlardan oldin borib kutib oluvchilaringiz va guvoh
bo‘luvchilaringizdirman. Sizlar bilan havz ustida ko‘rishishga va’da qilaman. Men o‘sha
o‘rnimni mana shu yerdan ko‘ryapman. Meni o‘zimdan keyin sizlarning mushrik bo‘lib
ketishingiz qo‘rqitmaydi. Lekin dunyo ustida bir-birlaringiz bilan kimo‘zarga musobaqa
qilishlaringiz qo‘rqitadi», dedilar. Uqba (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) oxirgi ko‘rishim shu
bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Lekin dunyo ustida
musobaqalashishingiz va oldingi ummatlar kabi uni deb urushib halok bo‘lishingiz
qo‘rqitadi», deganlar.
Yana boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarni kutib oluvchingiz va guvoh
bo‘luvchingizdirman. Alloh nomiga qasamki, men hozir havzimni ko‘ryapman. Menga yer
xazinalari kaliti yoki yer kalitlari berildi. Alloh nomiga qasamki, mendan keyin sizlarning
mushrik bo‘lib ketishingiz qo‘rqitmaydi. Meni qo‘rqitadigan narsa dunyo (matolari ustida)
musobaqalashishingiz», deb aytdilar.
1860/54. Abu Zayd Amr ibn Axtab al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh
(s.a.v.) biz bilan bomdod namozini o‘qib bo‘lib minbarga ko‘tarildilar va peshin
vaqtigacha xutba aytdilar. Keyin tushib peshin namozini o‘qidilar. So‘ngra minbarga
ko‘tarilib asr vaqtigacha yana xutba aytdilar. Keyin tushib asr namozini o‘qidilar. Yana
minbarga ko‘tarilib, quyosh botguncha xutba aytdilar. U xutbalarining barchasida bo‘lib
o‘tgan va kelajakda bo‘ladigan voqealarning xabarini berdilar. Kim o‘sha xutbadan ko‘p
yod olgan bo‘lsa, ichimizda bilimdonrog‘imizdir». Imom Muslim rivoyati.
1861/55. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga itoat
qilishga nazr qilgan bo‘lsa, o‘sha nazrga vafo qilib itoatda bo‘lsin. Lekin kim Allohga osiy
bo‘lishga nazr qilgan bo‘lsa, (o‘sha nazrini buzsin) Unga osiylik qilmasin», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyati.
1862/56. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu sahobiya
ayolga kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirishga buyurdilar. «Chunki bu
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |