Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
322
Allohning rasuli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar omonat zoe etilsa, qiyomatni kutaver», 
dedilar. U kishi: «Nechuk zoe bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Agar ishlar uning 
ahli bo‘lmagan kishilar qo‘liga topshirib qo‘yilsa, qiyomat kunini kutavergin», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyati. 
1837/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imomlar 
sizlarga namoz o‘qib berishadi. Agar uni xatosiz to‘g‘ri o‘qishsa, sizlarga (ya’ni, imomga 
ergashganlarga) va u imomlarning o‘ziga savob bo‘ladi. Bordi-yu, xatoga yo‘l qo‘yishsa, 
siz ergashganlarga savob-u, gunohi imomlarning o‘zlariga bo‘ladi», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy rivoyati. 
1838/32. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Allohning kitobidagi «(Ey 
ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz» 
oyatini quyidagicha tafsir qildilar: «Odamlarning odamlar uchun xayrlisi Islomga 
kirgizish niyatida bo‘yinlariga zanjir solib olib keluvchilardir». 
1839/33. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh 
taolo jannatga zanjirda kiruvchi jamoadan ajablanadi. Ya’ni, asirga olinib zanjirband 
qilingandan keyin Islomga kirishadi-da, oqibatda jannatga doxil bo‘lishadi». Ikkovini 
Imom Buxoriy rivoyat qildilar. 
1840/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taologa 
shaharlarning mahbub (maqomi) masjidlardir. Shaharlarning yomon (maqomi) 
bozorlardir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
Foyda: chunki masjidlarda qalblar taskin topuvchi va Allohning roziligiga eltuvchi 
zikrlar namoz hamda Qur’on tilovati kabi amallar bo‘ladi. Bozorlarda esa Allohning 
zikridan to‘suvchi g‘aflat, aldov, yolg‘on, firib va yolg‘on qasam kabi shaytonning 
buyruqlari amalga oshiriladi. 
1841/35. Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar qodir bo‘lsang, 
bozorga avvalgilaridan bo‘lib kiruvchi va oxirgilaridan bo‘lib chiquvchi kimsa bo‘lma. 
Chunki bozor shaytonning jang ma’rakasidir. U bozorga bayrog‘ini tikadi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
Imom Barqoniy «Sahih»larida Salmondan (r.a.) qilgan rivoyatlarida keltirilishicha, 
Rasululloh (s.a.v.) «Sen bozorga avvalgilardan bo‘lib kiruvchi va oxirgilardan bo‘lib 
chiquvchi kimsa bo‘lma! Chunki shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja 
ochadi», dedilar. 
Foyda: «Shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja ochadi», degan so‘z kinoya 
bo‘lib, bozorlar aslida gunoh, fisqu-fujur va aldovlar makonidir. Shayton mana shunday 
razolatga buyurib, vasvasa qiladi hamda ana shunday yomon ishlarni bolalatib yuboradi. 
1842/36. Osim al-Ahval Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Abdulloh ibn 
Sarjis Rasulullohga (s.a.v.) «Ey Allohning rasuli! Alloh gunohlaringizni mag‘firat aylasin», 
deganida, u zot: «Sening ham gunohingni kechirsin», dedilar. Osim (r.a.) Abdullohga 
(r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) sizning gunohingizni kechirishini so‘radilarmi?» deganlarida, 
Abdulloh (r.a.): «Ha, sizning ham gunohingizni kechirishini so‘radilar», deb quyidagi 
oyatni tilovat qildilar: «(Ey Muhammad), o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-
mo‘minalar (ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang!» Imom Muslim rivoyati. 
1843/37. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Avvalgi 
payg‘ambarlar so‘zidan odamlar o‘rtasida qolgani «Agar hayo qilmasang, xohlagan 
ishingni bajaraver», degan jumladir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1844/38. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni 
odamlar orasida birinchi bo‘lib hukm qilinadiganlar qon to‘kib, odam o‘ldirganlar bo‘ladi», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1845/39. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farishtalar nurdan 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish