www.ziyouz.com
kutubxonasi
321
(s.a.v.) u to‘nka xafa bo‘lganini ko‘rib, haligi yangi qurib berilgan minbardan tushib
qo‘llarini o‘sha to‘nka ustiga qo‘ygandilar, u ovoz chiqarishdan to‘xtadi.
Boshqa rivoyatda «Juma kuni Rasululloh (s.a.v.) (xutba aytish uchun yangi
o‘rnatilgan) minbar ustiga chiqqan edilar, avval ustiga chiqib xutba o‘qiydigan xurmo
to‘nkasi qattiq ovoz chiqardi. Hatto yorilib ketishiga oz qoldi» bo‘lib kelgan.
Yana boshqa rivoyatda keltirilishicha, «... u to‘nka xuddi yosh go‘dak kabi ovoz
chiqardi. Rasululloh (s.a.v.) (yangi qurib berilgan minbardan) tushib, haligi to‘nkani o‘z
bag‘irlariga bosgan edilar, u xuddi yosh go‘dak kabi ingrab turgan joyida jim bo‘lib
tinchib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) «U avvallari eshitib yurgan zikrlarni endi eshitmas
ekanman-da, deb yig‘layapti», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati.
1831/25. Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi,
undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan
sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs
qilmanglar», dedilar. Doriqutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
1832/26. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh
(s.a.v.) bilan yettita g‘azotda birga bo‘ldik. Hammasida yemishimiz chigirtka bo‘ldi»,
dedilar.
Boshqa rivoyatda «Biz u zot bilan birga chigirtka yedik» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
1833/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi bir
teshikdan ikki marta chaqilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: mo‘min kishi ehtiyotkor va fatonatli bo‘lgani uchun ikki marta qoqilmaydi,
xuddi o‘zbek maqolidagi «Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi», deyilgani kabi.
1834/28. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishilar
borki, qiyomat kuni Alloh taolo ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi, ularga (rahmat
nazari ila) qaramaydi ham hamda ular uchun alamli azob bordir: 1. Bir kishi sahrodalik
paytida ortiqcha suvi bo‘lsa-yu, uni yo‘lovchilarga bermasa. 2. Bir kishi asrdan keyin
boshqa bir kishiga Alloh nomiga qasam ichib bir narsa sotsa va shuncha-shunchaga
olganman, desa va oluvchi sotuvchining gapini tasdiqlasa, vaholanki, uning aksi bo‘lib
chiqsa. 3. Bir kishi bir imomga mol-dunyoga erishish niyatida bay’at qilsa. Agar imom
mol-dunyodan berib tursa, bay’atiga vafo qilib, agar bermasa, vafo qilmaydigan bo‘lsa»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1835/29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Isrofil
alayhissalomning surga ikki marta puflashlari orasidagi farq qirqdir», deganlarini
eshitgan sahobalar: «Ey Abu Hurayra! O’shanda Rasululloh (s.a.v.) qirq kun,
dedilarmi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», dedilar. Ular: «Qirq yilmi?»
deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», dedilar. Ular: «Qirq oymi?» deyishdi. Abu
Hurayra (r.a.): «Bilmasam», deb, keyin yana: «Insonning barcha a’zosi yo‘q bo‘lib ketib,
faqat dumg‘azasi chirimay qoladi. Ikkinchi bora qayta yaralish ana shu a’zo asosida
bo‘ladi. Keyin Alloh taolo osmondan suv tushiradi. Insonlar ana shu suv sababli xuddi
ko‘katlar o‘sgani kabi unib chiqishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1836/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)
majlislarning birida gapirib tursalar, bir a’robiy keldi-da, «Qiyomat kuni qachon?» deb
so‘rab qoldi. Rasululloh (s.a.v.) (uning gapiga parvo qilmay) so‘zlashda davom
etaverdilar. Ba’zilar: «Rasululloh (s.a.v.) uning gapini eshitdilar-u, lekin ma’qul
ko‘rmadilar», deyishdi. Ba’zilar esa: «Eshitmadilar, shuning uchun so‘zlashda davom
etdilar», deb fikr bildirishdi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) so‘zlashdan to‘xtaganlarida:
«Qiyomat haqida so‘rayotgan qani?» dedilar. Haligi so‘ragan kishi: «Men edim, ey
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |