www.ziyouz.com
kutubxonasi
323
yaratilgan. Jinlar esa qizil, sariq, ko‘k rangli alanga-olovdan yaratilgan. Odam esa
sizlarga (avval) vasf qilinganidek, (sopol kabi qurigan qora loydan) yaratilgan», de dil
ar. Imom Muslim rivoyati.
1846/40. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning (s.a.v.) xulqlari
Qur’on edi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1847/41. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga yo‘liqishni
yaxshi ko‘rsa, Alloh ham unga yo‘liqishni yaxshi ko‘radi. Kim Allohga yo‘liqishni yomon
ko‘rsa, Alloh ham unga yo‘liqishni yomon ko‘radi», deganlarida, Oisha (r.a.): «Ey
Allohning rasuli! (Allohga yo‘liqish, deganda biz o‘limni tushunamiz.) Biz barchamiz
o‘limni yomon ko‘ramiz. Endi o‘sha o‘limni yomon ko‘rishimiz Allohga yo‘liqishni yomon
ko‘rishni anglatadimi?» desalar, u zot: «Yo‘q, unday emas. Chunki mo‘min kishiga agar
Allohning rahmati, roziligi va jannati bashorat etilsa, u kishi Allohga yo‘liqishni hamda
Alloh ham unga yo‘liqishni yaxshi ko‘radi. Agar kofir kimsaga Allohning azobi va
g‘azabining xabari berilsa, u Allohga yo‘liqishni hamda Alloh ham unga yo‘liqishni yomon
ko‘radi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.
1848/42. Safiyya binti Huyaydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) e’tikof
o‘tirganlarida, kechasi men u zotni ziyorat qilgani bordim. Biroz gaplashgandan keyin
uyga qaytish niyatida o‘rnimdan tursam, u zot ham meni kuzatish maqsadida
o‘rinlaridan turdilar. Shu payt ansoriylardan ikki kishi oldilaridan o‘tib qoldi. Rasululloh
(s.a.v.) ikkovlarining shoshib ketayotganlarini ko‘rib: «Sekin, oxista yuraveringlar.
Chunki bu ayol onalaringiz Safiyya binti Huyaydir», dedilar. Ular: «Subhanalloh
(taajjublanganda shunday deyiladi), ey Allohning rasuli, (biz siz haqingizda nimani
gumon qilardik?)», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Chunki shayton odam
bolalarining qon yo‘llarida yuradi. Men o‘sha shayton sizlarning qalblaringizga
yomonlikni, ya’ni shubhali narsalarni yoki biror narsani solib (vasvasa) qilishidan
qo‘rqaman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1849/43. Abulfazl Abbos ibn Abdulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni
men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edim. Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib va
men ikkovimiz Rasulullohdan (s.a.v.) ajramay birga yurdik. U zot esa oq xachirlarida
edilar. Qachonki, musulmonlar bilan mushriklar to‘qnashganda, musulmonlar orqaga
chekina boshlashdi. Rasululloh (s.a.v.) esa xachirlarini dushman tomonga yugurtira
boshladilar. Men tezlab ketmasligi uchun u zotning xachirlari jilovidan ushlab turardim.
Abu Sufyon esa uzangidan ushlab turar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abbos! Samura
ashoblarini (ya’ni, Hudaybiya voqeasida Samura daraxti ostida bay’at qilgan
sahobalarni) chaqir», dedilar. (Ibn Abbos ovozi baland kishi edilar.) Baland ovozda:
«Samura daraxti ostida bay’at qilganlar qaerda?» desam, Alloh nomiga qasamki, ular bu
so‘zni eshitgach, xuddi mol bolalari ovozini eshitganda burilgani kabi burilib, Rasululloh
(s.a.v.) taraflariga labbay, labbay, deb kelib, kofirlar bilan urusha boshladilar.
Ansoriylarning chaqirig‘i esa «Ey ansoriylar jamoasi, ey ansoriylar jamoasi» tarzida edi.
Urushga chorlash chaqirig‘i oxiri Horis ibn Xazraj qabilasiga kelib to‘xtadi. Rasululloh
(s.a.v.) xachirlari ustida turib urush bo‘layotgan tomonga cho‘zilib qaragan holda:
«Mana urush eng qizg‘in pallaga kirdi», dedilar. Keyin bir nechta mayda toshlarni olib
kofirlar yuziga otdilar. Va: «Muhammadning Rabbi nomiga qasamki, kofirlar
yengilishdi», dedilar. Borib, urush bo‘layotgan tomonga qarasam, u avvalgi holatidek
davom etayotgan edi. Alloh nomiga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) mayda toshlarni
otishlari bilan, u dushmanning tig‘i o‘tmas bo‘lib, ishlari orqaga keta boshladi». Imom
Muslim rivoyati.
1850/44. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar,
albatta Alloh taolo pokdir. Va pok narsalarnigina qabul qiladi. Albatta Alloh taolo
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |