«Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan
muborak pokiza salomni aytinglar
(ya’ni «Assalomu alaykum», denglar)» (Nur
surasi, 61-oyat).
«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq
qilib alik olinglar yoki
(hech bo‘lmasa)
o‘sha iborani qaytaringlar»
(Niso surasi,
86-oyat).
«(Ey Muhammad),
sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar
keldimi? O’shanda ular
(Ibrohimning)
huzuriga kirib, «Salom», deyishgan edi. U
ham «Salom», dedi»
(Vaz-zoriyat surasi, 24-25-oyatlar), deb aytgan.
843/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan
(s.a.v.) «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deb so‘raganida, u zot: «Qorni ochlarni
to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
844/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo Odam
alayhissalomni xalq qilib, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da,
salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga
va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. (Odam
alayhissalom borib: «Assalomu alaykum», dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va
rahmatullohi», deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar.) Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
845/3. Abu Umora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yetti
narsaga buyurdilar:
1.
Kasalni borib ko‘rmoqni;
2.
Janozada qatnashmoqni;
3.
Aksa urganga javob qaytarmoqni;
4.
Kuchsizga yordam bermoqni;
5.
Mazlumga ko‘mak bermoqni;
6.
Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni;
7.
Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
846/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Iymon
keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha
iymonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan
narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
847/5. Abu Yusuf Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey
insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan
(kambag‘allarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz
o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
848/6. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abdulloh ibn
Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning
xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-chavoq
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |