www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va
bizga rahm qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Imom Termiziy rivoyatlari.
833/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm
Allohni zikr qilmasdan, majlisdan turadigan bo‘lsa, go‘yoki o‘lik eshak ustidan turib
ketgandek bo‘lishadi. Va bu majlis o‘zlariga nadomat olib keladi», dedilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
Foyda:
Allohning zikridan g‘aflatda qolishdan ogohlantirilmoqda. Chunki qalb
kasalliklarining kattasi va gunohlarning buyugi Allohning zikridan g‘aflatda qolinganda
sodir bo‘ladi.
834/12. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm bir majlisda
o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytmasa, unga ham noqislik
yetadi. Agar Alloh ularni xohlasa azoblaydi, xohlasa kechiradi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
835/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki bir o‘rinda
o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. Kimki bir o‘ringa
yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham noqislik yetadi»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
130-BOB
Tush va unga taalluqli narsalar to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Uning oyatlaridan
(yana biri) —
kechasi va kunduzi uxlashlaringizdir»
(Rum
surasi, 23-oyat), deb aytgan.
836/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Nubuvvatlikdan
hech narsa qolmaydi. Faqat bashorat beruvchi narsa qoladi, xolos», deganlarida,
sahobalar: «Bashorat beruvchi narsa nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Yaxshi tush»,
deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
837/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar oxir zamon
yaqinlashsa, mo‘minning tushi kamdan-kam yolg‘on bo‘ladi.
Va mo‘minning tushi nubuvvatning qirq olti bo‘lagidan bir qismidir», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatlarda: «Tushi rostlaringiz so‘zi rostlaringizdir», deyilgan.
Foyda:
Alloh taolo mo‘minlarga zamon fasod bo‘lganda tasalli bo‘lishi uchun mana
shunday ne’matlarni berdi. Imom Muhallabning aytishlaricha, payg‘ambarlar tushi
haqdir. Mo‘minlarni tushlari ham ko‘pincha rostdir. Chunki shayton ularni qalblaridan joy
egallay olmaydi. Kofir va fosiqlarning tushi esa ko‘pincha yolg‘ondir. Chunki shayton
ularga hukmdordir.
838/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim meni tushida
ko‘rsa, tez fursatlarda uyg‘oq holatida ham ko‘radi. Yoki uyg‘oqlikda meni ko‘ribdi.
Chunki Shayton mening qiyofamga kira olmaydi», dedilar.
Foyda:
Kim Rasulullohni (s.a.v.) tushida ko‘rsa tez kunlarda o‘ngida, ya’ni Qiyomatda
ko‘radi. Bu o‘sha tush ko‘rgan kishi uchun xushxabardir. Rasulullohni (s.a.v.) faqatgina u
zotga nisbatan qalbida muhabbat va hidoyatlariga ergashganlargina tushida ko‘radi.
Albatta tushda Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rish haqdir. Bu alg‘ov-dalg‘ov tushlar sirasiga
kirmaydi. Chunki shayton inson ko‘ziga Rasululloh (s.a.v.) shakllarida ko‘rina olmaydi.
Mana shu u zotning xususiyatlaridandir.
839/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan
biringiz yaxshi tush ko‘rsa, albatta, u Alloh tomonidandir. Buning uchun Allohga hamd
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |