Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
48-BOB
Yaxshilarga, zaiflarga, miskinlarga ozor
berishdan ogohlantirish haqida 
Alloh taolo: 
«Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan 
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» 
(Ahzob surasi, 
58-oyat); 
«Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni
esa 
(biron narsa bermasdan) 
haydamang» 
(Zuho surasi, 9-10-oyatlar), deb aytgan. 
Bu bobga taalluqli hadislar ko‘p bo‘lib, oldingi bobda kelgan Abu Hurayradan qilingan 
386 hamda 33-bobdagi 261-262-hadislar ham shu bobga tegishlidir. 
389/1. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim 
bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir. Bas, (ey insonlar), Alloh sizlarni 
o‘sha himoyaga tajovuz qilgan holda topmasin. Kimni endi tajovuz qilgan holda topsa
uni yuzi bilan jahannam o‘tiga tashlaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
49-BOB
Kishilarning tashqi ko‘rinishlariga qarabhukm qilish va
botinlarini Allohga havola qilish haqida 
Alloh taolo: 
«Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado etishib, zakotni 
(haqdorlarga) 
ato qilsalar, u holda diniy birodaringizdirlar» 
(Tavba surasi, 11-oyat), deb aytgan. 
390/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar «La ilaha 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
87
illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado 
etishmaguncha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urushmoqlikka buyurildim. Agar 
mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan 
saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslar) bunday emas. Buning hisobi 
Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
391/2. Abu Abdulloh Toriq ibn Ushaymdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqaga ibodat qilishni inkor etsa, uning moli va 
joniga hamla qilish haromdir. Uning hisobi esa Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
392/3. Abu Ma’bad Miqdod ibn Asvaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh 
(s.a.v.)ga: «Agar biror kofir kimsaga yo‘liqib, u bilan urishib qolsam va u qilichi bilan 
qo‘limga urib birini kesib tashlasa, keyin qochib daraxt orqasiga yashirinib: «Alloh uchun 
musulmon bo‘ldim», desa, uni o‘ldirishga haqlimanmi, ey Allohning rasuli?» desam, 
Rasululloh (s.a.v.) «O’ldirmagin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, bir qo‘limni 
kesib, keyin musulmon bo‘ldim, deb aytgan-ku», desam, Rasululloh (s.a.v.) 
«O’ldirmagin, chunki agar o‘ldiradigan bo‘lsang, u o‘ldirilishidan oldingi sening 
mavqe’ingda bo‘ladi. Va sen bu so‘zni (ya’ni, Islomga kirdim, deb aytganidan) oldingi 
mavqe’da bo‘lasan», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
393/4. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizni Juhayna 
qabilasidan bo‘lgan Huraqa nomli jamoaga jo‘natdilar. Biz subhda ularning suvi ustiga 
yetib keldik. Men va ansoriylardan biri u qavmdan bo‘lgan bir kishiga yo‘liqib, uni tutib 
oldik. Va u: «La ilaha illalloh», degan edi, ansoriy do‘stim qo‘yib yubordi. Men nayzam 
bilan urib uni o‘ldirdim. Qachonki, Madinaga borsak, bu qilgan ishim Rasululloh 
(s.a.v.)ga yetibdi. U zot menga: «Ey Usoma, «La ilaha illalloh», desa ham, 
o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, u panoh topish uchun shunday qildi», 
desam, u zot: «(U) «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham o‘ldirdingmi?» deb 
aytaverganlaridan men: «Qaniydi, bu kundan oldin musulmon bo‘lmasam edi», deb orzu 
qildim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) «(U) «La ilaha illalloh», desa ham 
o‘ldiraverdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, qilichdan qo‘rqib aytdi-ku», desam, u 
zot: «Sen uning qalbini yorib, aytgan yoki aytmaganligini bildingmi?» deb shu so‘zlarni 
takrorlayverdilar. Hattoki, men shu kun musulmon bo‘lmaganimda-ku, deb orzu qildim», 
deyiladi. 
394/5. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
musulmonlardan tashkil topgan bir guruh askarni mushriklardan bo‘lgan bir jamoaga 
yubordilar. Ular o‘sha joyga borishdi. O’sha yerdagi mushriklar orasida bir kishi bor edi. 
U agar musulmonlardan birortasiga (yomonlikni) qasd qilsa, uni bajarib o‘ldira olar edi. 
Keyin musulmonlardan bo‘lgan bir kishi u mushrikni g‘aflatda qolganida o‘ldirishni qasd 
qildi. Biz uni Usoma ibn Zayd deb aytardik. Usoma qachonki qilichni ko‘targan edi, u 
mushrik: «La ilaha illalloh», deb aytdi. Usoma uni shu holatda ham o‘ldiraverdi. Xabar 
beruvchi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelganida, u zot bo‘lib o‘tgan voqeani so‘radilar. 
Shunda u kishi bu kimsa qilgan narsaning xabarini berdi. Rasululloh (s.a.v.) Usomani 
chaqirib: «Nima uchun o‘ldirding?» deb so‘radilar. Usoma: «Ey Rasululloh, u 
musulmonlarga ozor berib, falon va falon kishini o‘ldirdi, - deb bir necha nafar kishini 
nomma-nom keltirdi, - unga hamla qilsam, qilichimni ko‘rib qolib «La ilaha illalloh», 
dedi», deb aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «O’ldiraverdingmi?» dedilar. Usoma: «Ha», dedilar. 
Rasululloh (s.a.v.): «Agar qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima 
qilasan?» degandilar, Usoma: «Ey Rasululloh, men uchun istig‘for ayting», dedi. 
Rasululloh (s.a.v.): «Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish