Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89
yana shuncha kunda bir parcha go‘shtga aylanadi. Keyin bir farishta (onangiz qorniga) 
yuborilib, unga ruh puflaydi va to‘rt so‘zni, ya’ni rizqingizni, ajalingizni, qanday amal 
qilishingizni va baxtsiz yoki baxtliligingizni yozib qo‘ymoqqa buyuriladi. Undan boshqa 
iloh yo‘q bo‘lgan Zot (Alloh)ga qasamki, sizlardan biringiz o‘zi bilan jannat o‘rtasida bir 
gaz masofa qolgunicha jannat ahli amalini qilib yuradi-da, pirovardida (onasi qornida 
bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, do‘zax ahliga mansub bir ishni qilib qo‘yadi va 
do‘zaxga ravona bo‘ladi. Sizlardan biringiz o‘zi bilan do‘zax o‘rtasida bir gaz masofa 
qolgunicha do‘zaxiylarga xos ishlarni qilib yuradi-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) 
taqdiri unga peshvoz chiqib, jannat ahli amalini qilib qo‘yadi va jannatga ravona 
bo‘ladi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
397/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Qiyomat kuni) 
jahannam mahsharga keltiriladi. Uning yetmish ming jilovi bo‘ladi. Har jilovida yetmish 
ming farishta bo‘lib, jahannamni tortib kelishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
398/3. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni 
do‘zax ahllari orasida gunohi eng yengili bir kishiki, uning ikki qadami ostiga ikki cho‘g‘ 
qo‘yiladi. U cho‘g‘ miyasini qaynatib turadi. Bu azoblanayotgan kishi mendan ko‘ra qattiq 
azoblanayotgan kishi yo‘q bo‘lsa kerak, deb gumon qiladi. Vaholanki, azobi eng yengili 
shu kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
399/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Allohning nabiysi (s.a.v.) «O’t 
do‘zaxiylarning ba’zisini ikki to‘piqlarigacha yondiradi. Va ba’zilarini ikki tizzasigacha 
yondiradi. Va ba’zilarini ishtonbog‘larigacha yondiradi. Va ba’zilarini bo‘yinlarining 
atrofigacha yondiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
400/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Qiyomat kuni) 
odamlar Alloh huzurida tik turishadi. Hattoki, ba’zilari quloqlarining yarmigacha 
o‘zlarining terlariga ko‘milib, ko‘rinmay qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
401/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga xutba aytdilar. U kabi 
xutbani hech eshitmagan edim. U zot: «Agar sizlar men bilgan narsani 
anglaganlaringizda edi, oz kulib ko‘p yig‘lagan bo‘lardingizlar», dedilar. Bu xutbani 
eshitgan sahobalar yuzlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)ga sahobalari tomonidan bir narsa 
xabari yetganida, u zot quyidagicha xutba aytdilar: «Menga jannat va do‘zax ko‘rsatildi. 
Uni bugungidek yaxshilik va yomonlikda ko‘rmaganman. Agar sizlar men bilgan narsani 
his qilganingizda, oz kulib, ko‘p yig‘lardingizlar». Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga 
bugungidan ko‘ra qattiqroq kun bo‘lmagan. Ular boshlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi. 
402/7. Miqdoddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni xaloyiqqa 
quyosh yaqinlashtiriladi. Hattoki, u bilan quyosh o‘rtasida bir mil (o‘lchov) qoladi», 
dedilar. (Bu hadisning roviysi Sulaym ibn Omir (r.a.) quyidagilarni Miqdoddan rivoyat 
qildilar: «Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) mildan nimani maqsad qilganlarini 
bilmadim. U yer o‘lchanadigan mil yoki ko‘zga surma qo‘yayotganda qo‘llaniladigan mil 
bo‘lishi mumkin».) «So‘ngra kishilar amallari miqdoricha o‘z terlariga g‘arq bo‘lishadi. 
Ulardan to‘piqlarigacha g‘arq bo‘ladiganlari, tizzalarigacha g‘arq bo‘ladiganlari va 
bellarigacha g‘arq bo‘ladiganlari bor. Va ba’zilarini o‘z terlari yuganlab qo‘yadi», deb 
Rasululloh qo‘llari bilan og‘izlariga ishora qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
403/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar Qiyomat 
kuni shu darajada terlashadiki, u ter yetmish gaz yer qa’riga singiydi. Va yana u terlari 
yuganlab olganidan hattoki quloqlarigacha g‘arq bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish