www.ziyouz.com
kutubxonasi
332
rivoyatlari. Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahihdir,
deganlar.
1874/7. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim sayyidul
istig‘for - «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana
‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu‘u laka
bini’matika ‘alayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta»ni
kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot
etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen Parvardigorimsan,
Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga
bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan
narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan
ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening
gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi».) Imom
Buxoriy rivoyati.
1875/8. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozni tugatsalar, uch
marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra: «Allohumma antas salom va minkas salom,
taborakta ya zal jalali val ikrom», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Allohim, Sen salomsan
va salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli Zot, Sen barakotlisan».) Mana shu hadis
roviylaridan biri Avzo’iyga: «Istig‘for nechuk bo‘ladi?» deyilganida, u zot: «(Bunda):
«Astag‘firulloha, astag‘firulloha», deyiladi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
1876/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘lishlaridan oldin:
«Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilayhi», ya’ni «Allohga hamd aytish
ila Uni poklab yod etaman. Allohga istig‘for aytib tavba qilaman», deb ko‘p aytardilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1877/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Alloh taolo:
«Ey Odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa sening
gunohingni ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey Odam bolasi, agar gunohing
osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey Odam
bolasi, agar Menga yerni to‘ldiradigan gunoh bilan kelib, so‘ngra biror narsa bilan Menga
shirk keltirmasang, gunohing to‘laligicha mag‘firat bilan senga boraman», dedi». Imom
Termiziy rivoyati.
1878/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey ayollar jamoasi,
sadaqa beringlar va istig‘for aytishni ko‘paytiringlar, chunki do‘zax ahlining ko‘pchiligini
siz ayollardan tashkil topganini ko‘rdim», deganlarida, bir ayol: «Nima uchun do‘zax
ahlining aksariyati biz ayollardan tashkil topgan?» deganida, Rasululloh (s.a.v.)
«La’natni ko‘p aytasizlar va erlaringizga ko‘p noshukrlik qilasizlar. Men o‘zi aql va dinda
noqis bo‘lib, aqllilar ustidan g‘olib keluvchilarni sizlardan boshqalarda ko‘rmadim»,
dedilar. Haligi ayol: «Aqli va dini noqis, deganingiz nima?» deb so‘ragan edi, Rasululloh
(s.a.v.) «Ikkita ayolning guvohligi bitta erkak guvohligiga teng bo‘lishi aqli noqisligidir.
Hayz va nifos qoni ko‘rganda namoz o‘qimasligi dini noqisligidir», de dil ar. Imom
Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |