Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
334
Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Jannatdagilarning idishlari 
tillodan, terlari esa mushk kabi bo‘ladi. Har birlarida ikkitadan xotin bo‘ladi. Ularning 
chiroylari shundayki, go‘shtlari orasidan oyoq iliklari ko‘rinib turadi. Ularning o‘rtasida 
ixtilof ham, adovat ham bo‘lmaydi. Qalblari bir kishining qalbiga o‘xshaydi. Ular ertayu-
kech Allohga tasbeh aytishadi». 
1882/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: 
«Muso alayhissalom Rabbilaridan jannatdagi eng martabasi past kishi haqida 
so‘raganlarida, Alloh taolo: «U shunday bir kishiki, jannat ahli jannatga kiritilgandan 
keyin keladi. Va unga: «Jannatga kir», deb aytiladi. U: «Ey Rabbim! Qanday kiraman, 
barcha odamlar o‘z joylarini egallab, oladigan narsalariga erishib bo‘lishibdi-ku?» deydi. 
Unga: «Dunyodagi podshohlarning mulkidek narsa senda bo‘lishiga rozimisan?» deyilsa, 
u: «Roziman, ey Rabbim», deydi. Alloh: «Senga o‘sha kabi, o‘sha kabi, o‘sha kabi, o‘sha 
kabi», deb beshinchisini aytganida, u kishi bunga rozi bo‘ladi. Alloh: «Bu aytilgan 
narsalar o‘n barobar qilib berildi», deydi. Va yana: «Nafsing tusagan va ko‘zing zavq 
oladigan narsalar senga berildi», deydi. U kishi: «Rozi bo‘ldim», deydi. Muso 
alayhissalom: «Ey Rabbim, jannatdagi eng yuqori martabali kishilar kim?» deganlarida, 
Alloh taolo: «Ular shunday bir toifa kishilarki, O’zim ularni xohlaganman, ularga 
ko‘rsatiladigan karam-izzat O’z qo‘lim bilan ekilgandir. U narsaga muhr urib 
qo‘yganman. U narsalarni ham biror ko‘z ko‘rmagan. Biror quloq eshitmagan. Biror 
kishining diliga ham kelmagan», deb ayt di». Imom Muslim rivoyati. 
1883/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men do‘zaxdan 
chiqishda oxiri chiquvchi kishini yoki jannatga kiruvchilar ichida oxirgi bo‘lib kiruvchi 
kishini bilaman. U kishi do‘zaxdan emaklab chiqadi. Alloh taolo u kishiga: «Borib 
jannatga kirgin», deydi. U kishi jannatga borib, u yer to‘lib qolgan, deb xayol qilib qaytib 
ketadi. Va: «Ey Rabbim, u yer to‘lgan ekan-ku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga 
kirgin», deydi. U kishi borib, u yer to‘lib qolgan, deb xayol qilib qaytib ketadi. Va: «Ey 
Rabbim, u yer to‘lgan ekan-ku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin. Chunki 
dunyo barobaricha yoki dunyoga o‘n barobar keluvchi maqom beriladi», deydi. U kishi: 
«Meni masxara qilyapsanmi yoki mening ustimdan kulyapsanmi? Sen O’zing bu 
narsalarning egasisan-ku», deydi», dedilar. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh 
(s.a.v.) bu so‘zlarni aytib kulgandilar, tishlari ko‘rinib qoldi. Va: «Mana shu kishi 
jannatning eng past maqomidadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1884/6. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min uchun 
jannatda bir chayla bor. U bitta marvariddan qilingan bo‘lib, ichi kovakdir. Uzunligi 
osmonda oltmish mildir. Mo‘minning u yerda ahllari bo‘ladi. Ular bir-birlarini 
ko‘rishmaydi. Sohibi hammalarini ko‘rgani borib turadi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1885/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda bir 
daraxt bor. Uning ostidan tez yuruvchi chopar ot ustidagi kishi yuz yilda ham o‘ta 
olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikkovlari Abu Hurayradan qilgan 
boshqa rivoyatlarida «Otliq u daraxt soyasi ostida yuz yil yursa ham, uni kesib o‘ta 
olmaydi» bo‘lib kelgan. 
1886/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat 
ahllari uning ustidagi boloxonada turuvchilarni mashriqdan yoki mag‘ribdan kelgan ufqda 
uchib yuruvchi yaltiroq yulduzni ko‘rgandek ko‘rishadi. Ularning oralarida farq borligi 
uchun shunday ko‘rinadi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bu 
payg‘ambarlarning manzillari bo‘lsa kerak-a, ulardan boshqa kishilar u yerga yetisha 
olmas-a?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ha! Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zot - 
Allohga qasamki, (bulardan tashqari) Allohga iymon keltirib, yuborgan payg‘ambarlarni 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish