www.ziyouz.com
kutubxonasi
281
berishmagani sababli azoblanishmoqda», deyildi. (Boshqa rivoyatda: «Jizya
berishmagani sababli hibs qilingan», deyilgan.) Hishom (r.a.): «Guvohlik berib
aytamanki, Rasululloh (s.a.v.)
«Albatta Alloh hayoti dunyoda odamlarni
azoblaydiganlarga azob beradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Va boshliqning
oldiga kirib unga ham bu so‘zlarni aytgandilar, boshliq ularni bo‘shatishni buyurdi. Imom
Muslim rivoyati.
1606/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan
eshakni ko‘rib bu holatdan ranjidilar. Ibn Abbos (r.a.): «Allohga qasamki, yuziga hech
tamg‘a urmayman. Faqatgina yuzidan pastga tamg‘a uraman», dedilar. Eshaklarini olib
kelish buyurildi. Va ikki soni yuqori tarafidagi dumi atrofiga tamg‘a urildi. Ibn Abbos
eshagini ana shu yeriga tamg‘a urdirganlarning birinchisidirlar. Imom Muslim rivoyati.
1607/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan
eshakning oldidan o‘ta turib: «Alloh mana shunaqa tamg‘a qiluvchilarni la’natlagan»,
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Rasululloh (s.a.v.) yuzga urishdan va yuzga
tamg‘a tushirishdan man etdilar» bo‘lib kelgan.
283-bob
Qanday jonivor bo‘lishidan qat’iy nazar, hattoki bit va shunga
o‘xshash narsalarni ham olov bilan azoblashning
haromligi haqida
1608/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizni bir joyga
jo‘natib: «Agar qurayshlik falonchi va falonchini topsanglar, olovda yoqib yuboringlar»,
dedilar. Qachonki, chiqishni xohlab tursak, u zot: «Men sizlarga falonchi va falonchini
yoqib yuborishni buyurgan edim. Albatta olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Agar ularni
tutib olsangiz, yoqmasdan qatl qilinglar», deb aytdilar». Imom Buxoriy rivoyati.
1609/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
safarda ketayotgan edik. U zot hojat chiqargani borganlarida, biz bir qushning bolasi
bilan turganini ko‘rdik. Bolasini ushlasak, u qush kelib qanoti bilan ustimizda ucha
boshladi. Rasululloh (s.a.v.) kelib: «Kim buning bolalarini ushlab olib xafa qildi? Uning
bolalarini o‘ziga qaytaringlar», deb aytdilar. Keyin yana biz o‘t yoqib kuydirgan chumoli
uyini ko‘rib: «Buni kim kuydirdi?» deganlarida, «Biz», deb javob berdik. Shunda u zot:
«Olov bilan kuydirish faqat o‘sha olovning Rabbisi Alloh uchun xosdir», dedilar». Abu
Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |