Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
292-bob
Kiyinish, xatti-harakat va boshqa narsalarda erkaklar o‘zlarini
ayollarga, ayollar o‘zlarini erkaklarga o‘xshatishining
haromligi haqida 
1630/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. O’zi erkak bo‘laturib xatti-harakati va 
so‘zlashishini ayollarga o‘xshatuvchini hamda o‘zi ayol bo‘laturib xatti-harakati va 
so‘zlashishini erkaklarga o‘xshatuvchini Rasululloh (s.a.v.) la’natladilar. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) o‘zini ayollarga o‘xshatuvchi 
erkakni hamda o‘zini erkaklarga o‘xshatuvchi ayolni la’natladilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1631/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarning libosini 
kiyuvchi erkakni va erkaklarning libosini kiyuvchi ayolni la’natladilar. Abu Dovud rivoyati. 
1632/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Do‘zaxda ikki toifa 
kishi borki, (men ularni do‘zaxda ko‘rgandim) dunyo hayotida hozirgacha ko‘rmadim. 
Biri shunday toifaki, qo‘llariga molning dumiga o‘xshash qamchini olib, u bilan odamlarni 
urishadi. Ikkinchisi shunday xotinlarki, kiyimlari bo‘laturib yalang‘ochdirlar. Ya’ni, tor va 
yupqaligidan kiyimlari bo‘lsa ham, yo‘qqa o‘xshab turadi. Ular boshqalarni o‘zlariga moyil 
qilib, o‘zlari ham boshqalarga moyil bo‘lishadi. Bularning boshlari tuyaning o‘rkachlari 
kabi bir tarafga egilib turadi. Bunday ayollar hargiz jannatga kirishmaydi. Uning hidini 
ham topa olishmaydi. Chunki jannat hidini uncha yoki buncha, ya’ni uzoq masofadan 
topiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
293-bob
Kishi o‘zini shaytonga va kofirlarga o‘xshatishdan
qaytarilgani haqida 
1633/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Chap qo‘lingiz bilan taom 
yemanglar. Chunki shayton chap qo‘li bilan ovqatlanadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1634/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz 
chap qo‘li bilan ovqatlanmasin. Hamda chap qo‘li bilan biror ichimlik ichmasin. Chunki 
shayton chap qo‘li bilan ovqatlanib, chap qo‘li bilan ichimlik ichadi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
1635/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yahudiy va 
nasroniylar (soch, soqollarini) bo‘yashmaydi. Sizlar ularga xilof qilib bo‘yayveringlar», 
deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Ya’ni, oqargan soch va soqolni sariq yoki qizilga bo‘yash joiz. Ammo qora rangga 
bo‘yashdan qaytarilgan. Buni keyingi bobda zikr qilamiz, inshaalloh. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish