Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
293
huzurida azobi eng qattiq kishi Alloh yaratgan narsalarga o‘xshash
yaratuvchi, ya’ni
surat tushiruvchilardir», dedilar. Keyin biz choyshabni qirqib, undan (bir yoki) ikkita
yostiq qildik».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1679/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Har bir (jonli surat)
chizuvchi do‘zaxdadir. Ya’ni, har bir chizgan surati o‘rniga uning o‘ziga jon kiritib,
jahannamda azoblaydi», dedilar. Ibn Abbos (r.a.): «Agar surat chizmaslikning iloji yo‘q
bo‘lsa, unda daraxtlarni va joni yo‘q narsalarni chizavergin», deb aytdilar.
Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
1680/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim dunyodagi
hayotida (jonli) surat chizsa, qiyomat kuni o‘sha chizgan narsasiga jon kiritish
mas’uliyati yuklanadi. U (bechora) esa unga aslo jon kirita olmaydi», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1681/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qiyomat kuni azobi
eng qattiq kishi surat chizuvchilar», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1682/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo: «Men
kabi yaratmoqchi bo‘lgan shaxsdan ko‘ra zolimroq kishi bormi?
Agar yaratish niyatlari
bo‘lsa, unda biror chumoli yo urug‘ yoki arpa yaratib ko‘rsinlar-chi!» deydi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1683/7. Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir uyda it yoki
(jonli) suratlar bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirishmaydi», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1684/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga kelishga va’da qilgan edilar. Va’da vaqtida kelavermay, ko‘p kechikdilar.
Rasululloh (s.a.v.) bundan qayg‘uga tushdilar.
Tashqariga chiqqandilar, Jabroil
alayhissalom kelib qoldilar va: «Biz farishtalar it va (jonli) surat bor uyga kirmaymiz»,
deb shikoyat qildilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1685/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) bilan
(bir paytni aniqlab) o‘sha soatda uchrashishga va’dalashdilar. Qachonki, o‘sha
fursat
bo‘lganda kelavermadilar. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llarida
hassa bor edi, o‘sha hassani irg‘itib: «Alloh ham, Uning elchilari ham va’daga xilof
qilmas», deb o‘girilib qaragan edilar, karavotlari ostida bir kuchuk bolasi turibdi. U zot:
«Bu it qachon kirib oldi?» degandilar, men: «Bilmasam», dedim.
Keyin buyurgan edilar,
u it chiqarib tashlandi. So‘ngra Jabroil alayhisalom kelgandilar, Rasululloh (s.a.v.)
«Siz
mening huzurimga kelishga va’da qilgan edingiz. Men kelishingizni kutib o‘tirdim. Lekin
siz nima sababdandir kelavermadingiz?» deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom: «Meni
va’da qilingan vaqtda ko‘rishishdan uyingizdagi it man qildi. Chunki biz farishtalar it va
(jonli) surat bor uyga kirmaymiz», deb aytdilar».
Imom Muslim rivoyati.
1686/10. Abu Tayyoh Hayyon ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ali
ibn Abu Tolib
menga: «Rasululloh (s.a.v.) meni yuborgan narsaga seni ham yuboraymi? Biror (jonli)
surat qoldirmasdan yo‘q qilgin. Biror baland qabr qoldirmasdan yer bilan barobar qilgin»,
dedilar».
Imom Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: