www.ziyouz.com
kutubxonasi
111
boshladi. Men: «Sen menga nima degan bo‘lsang, uni Rasulullohga (s.a.v.) aytdim»,
dedim. Xotinim xamirni olib kelganida, Rasululloh (s.a.v.) unga tuflab va baraka tilab,
duo qildilar. Keyin qozon oldiga borib, unga ham tuflab, baraka tilab, duo qildilar. Keyin
u zot xotinimga: «Sen non yopuvchi bir xotinni chaqirib kel, sen bilan non yopsin.
Qozondan taomni suzib tur. Lekin qozonni o‘choq tepasidan tushirmagin», dedilar. Jobir
(r.a.): «O’sha kuni tashrif buyurgan sahobalar ming nafar edi. Allohga qasamki,
barchalari to‘yib yeb, hattoki undan qoldirib ketishdi. Qozonimiz avvalgidek qaynar va
xamirimiz avvalgidek non qilib pishirilar edi», dedilar.
520/31. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Abu Talha xotinlari Ummu Sulaymga:
«Bugun men Rasulullohning (s.a.v.) ovozlarini zaif holatda eshityapman. Menga ma’lum
bo‘ldiki, u zotda ochlik asorati bordir. Sening huzuringda yegulik biror narsa bormi?»
deganlarida, Ummu Sulaym: «Ha», deb, arpadan tayyorlangan non berib, o‘zlaridan
bitta ro‘molni chiqarib, nonning yarmini o‘rab, so‘ngra kiyimimni tagiga qo‘yib, qolgan
yarmini o‘zimga berdilar. Anas (r.a.): «Keyin meni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
yubordilar. Men borsam, Rasululloh (s.a.v.) masjidda namoz o‘qib o‘tirgan ekanlar. U zot
bilan odamlar ham bor edi. Men ham ular oldiga borsam, u zot: «Seni Abu Talha
jo‘natdimi?», dedilar. Men: «Ha», dedim. «Taom uchunmi?» degandilar, men: «Ha»,
dedim. Rasululloh (s.a.v.) atrofdagilarga: «Yuringlar» degandilar, ular birga yo‘lga
ravona bo‘lishdi. Men ham ularning oldilarida yurib keldim. Qachonki Abu Talhaning
oldilariga kelib, ular yetib kelishgani xabarini berganimda, Abu Talha xotinlari Ummu
Sulaymga: «Rasululloh (s.a.v.) odamlar bilan kelayotgan ekanlar. Bizda esa yegulik
narsa yo‘qdir», degandilar, Ummu Sulaym: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi»,
dedilar. Keyin Abu Talha Rasululloh (s.a.v.) istiqbollariga chiqib, birga uyga kirishdi.
Rasululloh (s.a.v.) «Ey Ummu Sulaym, o‘zingizdagi yegulik nima bo‘lsa, keltiring»,
dedilar. Ummu Sulaym Anasdan (r.a.) berib yuborgan haligi nonni olib keldilar.
Rasululloh (s.a.v.) buyuruvdilar, non ushatildi. Va Ummu Sulaym teridan tayyorlangan
yog‘ idish olib kelib, undan asal va yog‘ aralashtirilgan nonxo‘rak siqib chiqardilar. Keyin
Rasululloh (s.a.v.) unga nimalarnidir o‘qidilar-da: «O’n kishining kirishiga izn beringlar»,
dedilar. Ularga izn berilgan edi, undan yeb, to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana:
«O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Ularga ham izn berilgan edi, undan yeb,
to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana: «O’n kishining kirishiga izn beringlar»,
dedilar. Hattoki qavmdagi barchalari yeb to‘yishdi. O’shanda ular yetmish yoki sakson
kishi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «O’n kishi kirib va chiqishida bardavom bo‘lishdi, hattoki hech bir
kishi qolmasdan hammalari kirib, yeb, to‘yib chiqib ketishdi. So‘ngra ovqatlangandan
keyin qolgan ovqatni to‘plashgandi, avval qandoq bo‘lsa, shundoqligicha edi», deyilgan.
Yana boshqa rivoyatda: «O’n kishi-o‘n kishidan kirib yeyishdi, hattoki sakson kishi
mana shu tarzda yeb to‘yishdi. So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) va oilalari ham undan yeb
to‘yishganidan keyin ham ortib qoldi», deyilgan.
Yana boshqa bir rivoyatda: «Ular qo‘shnilarigacha orttirib yetadigan darajada
yeyishdi», deyilgan. Anasdan (r.a.) qilingan rivoyatda: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga borsam, u zot sahobalar bilan birga o‘tirgan ekanlar. Va o‘sha payt
qorinlarini belbog‘ bilan tang‘ib olibdilar. Men sahobalarning ba’zilaridan: «Nima uchun
Rasululloh (s.a.v.) qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlar?» desam, ular: «Ochlikdan»,
deb aytishdi. Men Ummu Sulaym binti Milhonning eri Abu Talha (r.a.) huzurlariga borib:
«Ey otajon! Men Rasulullohning (s.a.v.) qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlarini
ko‘rib, ba’zi sahobalardan nima uchun bu zot bunday qilib olganlar desam, ular:
«Ochlikdan», deb aytishdi», desam, otam Abu Talha onamning oldiga kirib: «Huzuringda
biror narsa bormi?» degandilar, onam: «Ha, non burdalari va xurmolar bor. Agar
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |