Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
113
Biz oyoqlarimizga latta bog‘lab oldik. Oyoqlarimizga latta bog‘laganimiz uchun bu urush 
«Zoturriqo’» (Ya’ni yamoq g‘azoti) deb nomlangan. Abu Burda aytadilar: Abu Muso (r.a.) 
avvaliga bu hadisni hadis omonati uchun gapirib berdilar. Keyin karih ko‘rib: «Nimaga 
aytdim ekan?» dedilar. Go‘yoki (sir) narsani tarqatib yubordimmikin, deb o‘ylab shundoq 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
525/5. Amr ibn Tag‘libdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga mol-
dunyo yoki asirlar keltirildi. Rasululloh (s.a.v.) u narsalardan ba’zi kishilarga berib, 
ba’zilariga bermadilar. Keyin Rasulullohga (s.a.v.) berilmaganlar ranjishgani xabari yetib 
qoldi. Rasululloh (s.a.v.) Allohga hamdu sano aytib: «Ammo ba’d, Allohga qasamki, men 
ba’zilarga beraman va ba’zilarga bermayman. Bermagan kishilarim men uchun bergan 
kishilarimdan ko‘ra yaxshiroqdir. Men qalbida sabrsizlik, hirs bor kishilarga berdim. 
Ammo Alloh qalbiga behojatlik va yaxshiliklar bitgan kishilarga bermadim. Ana 
o‘shalardan biri Amr ibn Tablig‘dir», dedilar. Amr ibn Tablig‘ (r.a.): «Allohga qasamki, 
Rasululloh (s.a.v.) aytgan mana shu so‘zlar men uchun qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», 
dedilar (qizil tuya o‘sha paytda arablardagi eng qimmatbaho narsa ed i... — Ta rj). 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: 
Mol va mato insonning mukarramligi hamda mavqeini belgilovchi narsa 
emasligi ma’lum bo‘ladi. 
526/6. Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Baland qo‘l 
past qo‘ldan yaxshidir (ya’ni sadaqa qiluvchi qo‘l tilanchi qo‘ldan yaxshidir). Sadaqani 
qo‘l ostingdagilardan boshla. Sadaqaning eng yaxshisi — kishining o‘zidan keyin boylik 
qilib qoldirgan narsasidir. Kim kamsuqum bo‘lsa, Alloh uni kamsuqum qilib qo‘yadi. Kim 
o‘zini behojat qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Imom Muslim rivoyatlari bundan qisqaroq bo‘lib kelgan. 
527/7. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir 
narsa so‘rashda beruvchini o‘z holiga qo‘ymay tilanmanglar. Allohga qasamki, sizlardan 
biringiz mendan biror narsa so‘rab, bunda haddan oshsa, men undan norozi bo‘lib 
qolsam, bergan narsamda baraka bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
528/8. Abu Abdurahmon Avf ibn Molik Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz to‘qqiz 
yoki sakkiz yoki yetti nafar kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. Rasululloh (s.a.v.) 
«Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» dedilar. Biz o‘sha kunlarda yangi bay’at 
qilgan edik. Va: «Ey Rasululloh! Biz sizga bay’at qilganmiz-ku?» dedik. Rasululloh 
(s.a.v.) yana: «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» degandilar, biz qo‘llarimizni 
uzatib: «Ey Rasululloh, bay’at qilganmizku? Qaysi narsaga bay’at qilamiz?», dedik. 
Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat hamda itoat qilish, besh 
vaqt namoz o‘qish», deb ovozlarini biroz pasaytirdilar va: «Odamlardan biror narsa 
so‘ramanglar», dedilar. Avf ibn Molik (r.a.): «Men bay’at qilgan kishilarning ba’zilarini 
ko‘rdim, ulardan birortalarining qamchilari yerga tushib ketsa, biror kishiga olib ber, 
deyishmas edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
529/9. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz 
tilanchilikda bardavom bo‘lsa, hattoki u kishi Alloh taologa yuzida go‘sht yo‘q holatda 
yo‘liqadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
530/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) minbarda turib, 
sadaqa va tilanchilikdan saqlanish haqida gapirayotganlarida: «Yuqori qo‘l pastki qo‘ldan 
yaxshidir. Yuqori qo‘l infoq qiluvchi va pastki qo‘l tilanchidir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
531/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki odamlardan 
moli ko‘payish uchun tilanchilik qilsa, u odam o‘zi uchun cho‘g‘ni so‘rabdi. Bas, shundoq 
ekan xohlasa, cho‘g‘ning ko‘pini yoki ozini so‘rasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish