www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
rivoyatlari.
510/21. Ubaydulloh ibn Muhsin Ansoriy al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Kimki nafsi omon, xotirjam va jasadi salomat hamda huzurida bir kunlik rizqi
bo‘lsa, go‘yoki dunyoni to‘laligicha o‘ziga bo‘ysundiribdi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
511/22. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki
musulmon bo‘lib, ehtiyojiga yetarli rizq berilgan bo‘lsa hamda Alloh taolo bergan
narsasida qanoatli bo‘lsa, batahqiq najot topibdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
512/23. Abu Muhammad Fazola ibn Ubayd Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi Islomga hidoyat qilingan bo‘lsa hamda ehtiyojiga yetarli
rizq berilib, u kishi o‘sha rizqqa qanoat etgan bo‘lsa, buncha ham yaxshi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
513/24. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) kechalarni
ketma-ket och o‘tkazardilar. Oilalarining biror yeguligi bo‘lmas edi. Ko‘pincha yeydigan
nonlari arpa unidan tayyorlangan bo‘lar edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
514/25. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar
odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersalar, kishilar ochlikdan namozda turib yiqilib
tushishar edi. Ana shu yiqilganlar ahli suffa edilar. Hattoki buni ko‘rgan a’robiylar:
«Mana shu yiqilganlar jinnilardir», deyishar edi. Rasululloh (s.a.v.) namozni o‘qigandan
keyin, ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, agar sizlar Allohning huzurida o‘zingiz
uchun tayyorlab qo‘yilgan narsalarni bilganingizda edi, bundan ham ziyoda och va
muhtoj qolishni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edinglar», deb aytardilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
515/26. Abu Kurayma Miqdod ibn Ma’diy Karibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Odamning qornidan ko‘ra yomonroq to‘ldiradigan idishi yo‘qdir. Odam
bolalariga belini tiklash uchun bir necha luqma taom kifoya qiladi. Agar ziyoda
yemaslikning iloji bo‘lmasa, uchdan biri taom uchun, uchdan biri ichimlik uchun va
uchdan biri nafas olish uchun bo‘sh qolsin» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
516/27. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba Ansoriy al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) sahobalari kunlarning birida bu zotning huzurlarida dunyoni zikr
qilishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi? Eshitmadinglarmi? Albatta,
ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish, albatta, ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish (ya’ni,
dabdaba kiyimlarni tark etish) iymondandir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
517/28. Abu Abdulloh Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
Quraysh karvonini to‘sish uchun Abu Ubayda boshchiligida bizni ular tomonga
yubordilar. Yo‘lda yeyish uchun bizga bitta xaltada xurmo berdilar. Undan boshqa narsa
topa olmadilar. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizga bitta-bittadan xurmo berardilar. Buni
eshitib turganlar: «Ey Jobir, o‘sha bir dona xurmoni qandoq qilib yer edinglar?» deb
so‘rashganida, Jobir (r.a.): «Biz u xurmoni xuddi yosh go‘dak onasi ko‘kragini emgani
kabi shimib, ustidan suv ichardik. O’shaning o‘zi bizga to kechgacha yetar edi. Bundan
tashqari asolarimiz bilan barglarni to‘kib, suvda ho‘llab tanovul qilar edik», dedilar. Keyin
yana u zot: «Biz dengiz qirg‘og‘ida ketayotgan edik. O’sha qirg‘oqda qum uyumiga
o‘xshaydigan narsani topdik. Uning oldiga borsak, kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit) ekan.
Avvaliga boshlig‘imiz Abu Ubayda: «Bu o‘lgan, yemanglar», dedilar. Keyin: «Uni
yeyaveringlar. Chunki biz Alloh Rasulining elchilari hamda Allohning yo‘lidagi kishilarmiz.
Buni yeyishga majbursizlar. Bemalol tanovul qilaveringlar», dedilar. Biz uch yuz nafar
kishi uning ustida bir oy turdik. Hatto undan tanovul qilib semirib ham ketdik. O’shanda
ko‘zi kosasidan ko‘zaga yog‘ olar edik. Va undan ho‘kiz bo‘lagicha yoki miqdoricha
(go‘shtlarni) kesib olar edik. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizdan o‘n uch kishini kitning ko‘zi
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |