www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
U zot: «O’tirib ichgin», dedilar. Men o‘tirib, u sutdan ichdim. U zot: «Ichgin», dedilar.
Men u sutdan yana ichdim. U zot: «Ichgin», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, men esa:
«Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uni ichish uchun boshqa joy qolmadi», dedim.
Shunda u zot: «Uni menga uzatgin», dedilar. Men qadahni uzatgan edim, u zot Allohga
hamd aytib, «bismilloh»ni zikr qilib, sutning qolganini ichib qo‘ydilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
502/13. Muhammad ibn Siriyndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Hurayra (r.a.): «Men
Rasululloh (s.a.v.) minbarlari ila Oisha (r.a.) hujralari o‘rtasida hushimdan ketib yiqilib
yotar edim. Yo‘ldan o‘tuvchilar kelib, meni jinni deb o‘ylab, oyoqlarini bo‘ynimga
qo‘yishar edi. Vaholanki menda ochlikdan boshqa jinnilik ham, boshqa narsa ham yo‘q
edi», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
503/14. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) vafot
etganlarida bir yahudiyga o‘ttiz so’ arpaga garovga qo‘ygan, urushda kiyiladigan
sovutlarigina bor edi, xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
504/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) urushda kiyiladigan
sovutlarini arpa muqobilida garovga qo‘ydilar. O’sha kunlarda men u zot huzurlariga
arpa noni va hidlangan eritilgan yog‘ olib keldim. Va u zotning: «Tong otganda ham,
kech kirganda ham Muhammadning birorta uyida bir so’ taomdan boshqa biror narsa
yo‘qdir», deb aytganlarini eshitdim. O’sha paytda to‘qqizta uylari bor edi. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
505/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men yetmishga yaqin ahli suffani
ko‘rdim, lekin ularning birortasida chopon yo‘q edi. Ularda faqat yo ishton, yo ko‘ylak
bo‘lib, ko‘ylakni bo‘yinlariga bog‘lab olishardi. U to‘piqlarining yarmigacha yoki
oshiqlarining yarmigacha yetar edi. Avratlari ochilib qolmasligi uchun qo‘llari bilan ushlab
turishar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
506/17. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning (s.a.v.)
to‘shaklari teridan bo‘lib, orasiga xurmo daraxti po‘stlog‘idan solingan edi», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
507/18. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tirgan
edik, ansoriylardan bir kishi kelib, u zotga salom
berdida, orqasiga qaytib keta boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ey birodar, ansoriy
do‘stim Sa’d ibn Ubodaning ahvoli qanday?» degandilar, u ansoriy: «Durust», dedi.
Rasululloh (s.a.v.) «Kim uning holidan xabar olgani boradi?» deb, o‘rinlaridan turdilar.
Biz ham u zot bilan birga turdik. Biz o‘sha paytda o‘n nafardan ko‘proq edik.
Birortamizda kavush ham, maxsi ham, do‘ppi ham, ko‘ylak ham yo‘q edi. Bizlar sho‘r
yerlarni bosib o‘tib, Sa’d ibn Ubodaning huzurlariga bordik. Atroflarida o‘tirgan qavmlari
orqaga o‘tishdi. Rasululloh va u zot bilan birga borgan sahobalar esa Sa’d ibn Ubodaga
yaqin o‘tirishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
508/19. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning
yaxshilaringiz menga asrdosh bo‘lgan odamlardir. So‘ng ulardan keyingilar va yana
ulardan keyingilardir (Ushbu hadis roviysi Imron r.a.: «Rasululloh (s.a.v.) «ulardan
keyingilar», deb ikki marta aytdilarmi yoki uch marta aytdilarmi, bila olmadim»,
dedilar). Ulardan keyin bir qavm keladiki, guvohlikka chaqirilmay turib, guvohlik
berishadi. Xiyonatchi bo‘lib, omonatdor bo‘lishmaydi. Nazr qilishadi-da unga vafo
etishmaydi. Ularda semizlik paydo bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
509/20. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey odam bolasi,
agar zaruratingdan ortiqchasini ehson qilsang, o‘zing uchun yaxshi. Agar bermasdan
ushlab qolsang, o‘zing uchun yomon. Kifoya qilgudek rizqqa qanoat qilsang, malomat
etilmaysan. Ehson qilishni o‘z qo‘l ostingdagilardan boshlagin», dedilar. Imom Termiziy
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |