Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/132
Sana04.04.2022
Hajmi495,65 Kb.
#527958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
bo’lganlar, ya’ni butun vujudlari ko’zga aylangan edi... 
“...Va ham rivoyat qilur Oishai Siddiqa raziyallohu anhodinki aydilar: «Man za’ama anna Muhammadan alayhissalotu vassalamu rao 
rabbahu biayni ra’sihi faqad a’zamal fir’yata». Ya’ni, har kimarsa za’m bila (tasdiqlab) aytsaki, albatta, onhazrat alayhissalotu 
vassalom Parvardigorini bosh ko’zlari ila ko’rgondurlar. Bas, ul kimsa ulug’ yalg’onni paydo etibdur. Ko’z ila ko’rmadilar, balki 
muborak badanlarini farqi saridin to qadamlarig’acha har zarrasi ko’z bo’lg’on erdilar. Hamai a’zolari ila mushohada qildilar. (Qarang: 
Shayx Akbarobodiy. «Nodirul Me’roji turkiy». Toshkent: «Aziya» nashriyoti. 1329 hijriy-qamariy, 289- 292 betlar) 
Alisher Navoiy «Lison ut-tayr»da Rasuli akramning «Mahbubi haqiqiy vaslig’a» yetganligini quyidagi baytlar orqali ta’riflagan: 
Ham ko’rub jonon jamolin ko’z bila, 
Vaslidin ham bahra topib so’z bila, 
Aylabon idrok to’qson ming kalom
Lek asnosida yuz ming ehtirom. 
Osi(y) ummatning gunohin istabon, 
Borcha ahvolin tabohin istabon. 
Har ne istab Hayyi Mutlaqdin topib, 
Haq tilab, Haqdin tilab, Haqdin topib.
(Alisher Navoiy. «Lison ut-tayr». Toshkent, 1991, 26-bet) (Tarjimon izohi).
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rajabdan keyingi sha’bon oyida ham 
ibodatlarini, ro’zani davom ettirar edilar.
Sha’bonning o’rtasida baroat kechasi bor. Bizlar u kechani ham o’tkazdik va mana 
ramazonga ham yetdik. 
Salmoni Forsiy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifni sharhlashda davom 
etaman:
Dastlab, bu oyning barakotli, fayzli, muazzam bir oy ekanligini muborak so’zlari bilan 
bayon qildilar. Bizga eng birinchi aytganlari, bu – ichida ming oydan ham afzalroq bir 
kechasi bor bo’lgan oy, deganlaridir... Qadr kechasi Ramazonning ichida bo’lgani uchun 
ham bu oyning hamma kechalarini qadr kechasi deb bilishimiz kerak. Zotan, 
buyuklarimiz: «Har kechani qadr bil, har kishini Xizr bil!» – deb bejiz aytmaganlar. Faqir 
ekan, qiyofasi g’arib ekan, kambag’al ekan, soch-soqoli o’sgan ekan deya, qarshingdagi 
insonni xor ko’rma, balki u Xizr bo’lishi mumkin. Kechalarni g’aflatda o’tkazma, balki u 
qadr kechasidir. Demak, bobokalonlarimiz har kechani qadr kechasi bilib, uni savobli 
ishlar bilan o’tkazishni, Ramazonda axloqimizni tuzatib, zikru ibodatlar qilishni va ko’p 
savoblarga noil bo’lishni tavsiya qilganlar. 
Alloh taolo: «Menga bandalarim duo qilsalar, duolarini ijobat etaman, ixlos bilan 
so’raganlarini beraman», – deb va’da bergan. Shuning uchun ham bu muborak oyda 
qalbdan, ich-ichdan, astoydil dunyo va oxirat saodatini so’rab duo qilishimiz kerak. 
Inshoalloh, duolarimiz ijobat bo’ladi.
Hadisi shariflardan ma’lumki, bir kishi shahidlikni orzu qilib: «Yo Alloh! Sening yo’lingda 
shahid bo’lmoqchiman, Sen uchun jonimni berishga tayyorman!» – deydi. Ya’ni, vatani, 
dini uchun jonini berishni xohlaydi, ammo urush yo’q, balki shahid bo’lmas, balki issiq 
yotog’ida, to’shagida o’lar... Qaysi holda bo’lishidan qat’iy nazar, «jonu dildan shahid 
bo’lishlikni xohlagan biror kishi issiq yotog’ida, qulay bir shaklda o’lsa ham, Alloh taolo 
uni shahidlik martabasiga yetkazadi», – deb Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam 
hadisi shariflarida marhamat qilganlar. Demak, niyat – hammasidan ham eng 
ahamiyatlisi ekan... 
Yana bir narsani aytib o’tish kerak. Yaxshi bilasizlar, qurbon bayramida qurbonlik 
so’yiladi, hammamiz so’yamiz. Boy-badavlat kishilar avvaldan semiz qo’chqorni tanlab, 
qurbonlik qilishga harakat qiladilar. Alloh dargohida qabul etsin... «Ushbu oy kelishi bilan 
qurbonlik so’yamiz, inshoalloh!» – deb oldindan niyat qilamiz. Yaxshi narsalarga 
oldindan niyat qilish doimiy odatimiz bo’lib qolsin. Qurbon bayramida hamma qurbonlik 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish