Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

43

dan to 500 gacha bulut tomchichasi va donachasi bordir. Bu nazariya, ya’ni Bergeron Findeysen 



nazariyasi yomg‘irdan oldin qotish (muzlash) hodisasi bo‘ladi, degan fikrni o‘tkazmoqda. 

4. Lekin yomg‘ir tomchilarining ideal bir tekislikda yerga tushishi chin ma’nodagi muhim 

xodisadir. Agar o‘rtacha kattalikdagi yomg‘ir tomchisi bulutlar kezib yurgan 1500-3000 metr 

yuksaklikdan tushsa bormi, yerga favqulodda qattiq zarb bilan urilgan bo‘lardi. Xolbuki, yomg‘ir 

tomchisi bulutdan mayda zarrachalar xolida tusha boshlab, yerga yaqinlashgan sari bir-biriga 

qo‘shilib, kattalasha boradi. Tamomila yerga yaqin kelganda parashyut ochganday havoning ko‘tarish 

kuchiga yaqin tezlikda inadi. Zotan, agar yomg‘irga bunday bir taqdir o‘lchovi ato etilmagan bo‘lsaydi, 

bulutdan kamida yong‘oqday-yong‘oqdai do‘l yog‘gan bo‘lar edi. Normal sharoitlarda na yomg‘irning 

jonni yayratib silashlari, na qorning ming bir naqsh bilan inishlari mumkin emas. 

 

5. Yomg‘irning tashkil topishida ham, yog‘ish shiddatida ham muhim bir masala elektrik 

kuchlanish hodisalaridir. 

Biologiyadan xabarsiz kishilar bulutlardagi kuchli elektr energiyasini suv va tuz molekulalarining 

ionlashuviga bog‘liq energiyalar deb hisoblaydilar. 

Holbuki, oyatda bu elektrik kuchlanishga oid bir kalavaning uchi, ya’ni dalil bor. Ko‘kdan tushgan 

o‘lchovli, taqdir etilgan bu suv o‘lik shaharga jon ato etadi. Biz yuqorida hayot negizida yotgan narsa 

suv ionlari ekanligini aytgan edik. Jamiki jonlilarda suv molekulasining tez-tez o‘zgarib turishga 

majburligi, ionlarning, ayniqsa, hidrogen ionlarining kuchlanishi bilan yaqindan aloqadordir. Bulutdan 

yuzaga keluvchi yomg‘ir, xususan, bu devday elektrik kuchlanishlar bilan shunaqanggi kuchli bir ion 

xususiyatini qo‘lga kiritadiki, haqiqatdan tuproqqa tushgach, jamiki bioximiya xodisalari darhol avj olib 

ketadi va o‘lik shaharga jon ato bo‘ladi. 

Mana, oyat yomg‘irning tashkil topishini ham hikmatdan bir qodar o‘lchovi, deb ta’riflaydi va hali 

qancha biofizika sirlari borligiga e’tiborni tortadi. U qandil donalariday yog‘ishi lozim bo‘la turib, 

naqadar muloyim bir kattalikka keltirib o‘lchab qo‘yilganligi xayratlanarlidir. Endi yomg‘irning 

"O’lik 


shaharga jon berganligi" 

siriga yaqinlashaylik: Oyat quruq tuproqni o‘lik shaharga qiyoslaydi. Ya’ni 

quruq tuproqning o‘zi jonli emas, o‘lik bir shahardir, ko‘chalari, muassasalari, tashkilotlari, binolari 

bo‘lgan, ammo jonsiz bir shahardir. Yomg‘ir u kentga yog‘dimi, tamom, u yerda hayot boshlanadi. 

QURUQ tuproqda turg‘un (statik) bir holga kelgan qandaydir bir ma’noda qotirib (muzlatib) qo‘yilgan 

milliardlarcha genetik shifr bor. Bu shifrlar yuksak potentsial bilan yangilangan suv ionlarini topgan 

zahoti hayot hikoyasini boshlaydilar. 

Oyatning so‘nggi jumlasida esa, Haq-Taolo bizning mahsharda tirilishimizni xotirlayotir. Biz 

bundan keyingi bahsda buning butun tavsilotlarini berishga harakat qilamiz. Bu yerda Olloh sizning 

genetik shifrlaringizni ham xoxlagan kunimiz, xoxlagan onimizda faoliyatga o‘tkazamiz, amri bilan 

katta ilmiy haqiqatga urg‘u berayottanini aytish bilan kifoyalanamiz. Bamisoli QURUQ tuproqda 

genetik shifrlar bir o‘lik shahar ko‘rinishida bo‘lsa, sizning ham un-urvoq bo‘lib yotgan 

jasadlaringizdan qolib ketgan qanchadan-qancha shifrlar bor. 

Olloh xohlasa, ularni bir lahzada ishga qo‘yadi, yangidan hayotni boshlatadi. 

"Yosin" 

surasining 

oxirida Alloh bergan genetik shifr misoli ham, shunday qilib, ilohiy mo‘jiza hikmatini cheksiz ufqlarga 

yoyadi (Qur’onning 

"Yosin" 

surasidan 78-82- oyatlarni o‘qing). 

 

G) Tuyaning biologik xususiyatlari 



Afalo vanzuruna ilal’ibili kayfa xulikot? 

(88-sura, 17-oyat). 

Ya’ni: 

Ular tuyaning qanday yaratilganiga hanuz qaramaydilarmi?

 

Bu oyatni o‘z ichiga olgan 



"G’oshiya" 

surasi (88-sura) Qur’onning mahsharni e’lon etishiga 

ramziy ishora bo‘lib, g‘oshiya - insonlarda katta notinchlik uyg‘otgan dard, demakdir. Bir yoqdan 

mahshar qo‘rquvi, ikkinchi yoqdan gunohkorlik xavotirini bildiradi va eng muhimi bu oyat bugungi 

insonlarga bo‘lakcha bir xitob eta olish siriga ham ega. 

Endi tuyaning sirlarini birma-bir ko‘rib chiqaylik: 




Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish