Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

39

Ya’ni: 



(Olloh), Yer sizlarni tebratmasin uchun unda sobit tog‘lar barpo qildi. 

(Alouddin Mansur 

tarjimasi). 

Ma’lumki, Yer qatlamlari markazdan ust tomonga borgan sari o‘zgara boradi. Qoq markazdagi 

suyuq va issiq qorishma ma’danlar ustida issiqligi turlicha qavatlar bor Tuproq bu qavatlarning eng 

ustidagi uqalanuvchi qavatdir. Agar dunyo bo‘lmag‘ur bir tasodif asari sifatida yaratilgan bo‘lsaydi, 

eng ustdagi tuproq qavati bu ma’danlar uzra suzib yurar va tinimsiz zilzilalar yer yuzida bir jonni ham 

sog‘ qo‘ymasdi. 

Olloh tog‘larni yaratib, bu suzish, bu zilzilalarga "to‘xta!" deb buyurgan. Dunyo xaritasida bu 

Ulug‘ san’atkorning qo‘lidan chiqqan dekoratsiyani ko‘rishingiz mumkin. Mana shu tog‘lar 

dekoratsiyasi Yer tuprog‘ining bitmas zilzilalarini yo‘q qilgan. Oyat tog‘larning yaratilish sababini 

sharhlarkan, ayni chog‘da, yerning geologik holatini ham tushuntiradi. Bu esa oyatning navbatdagi bir 

mo‘jizasidir. 

 

3. SUV VA HAYOT 



Men bu yerda hayot va biologiya nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan to‘rt oyatni 

sharhlamoqchiman. Ularning har biri faqat bizning davrimizda tushunilgan ilmiy hikmatlarni o‘rtaga 

qo‘ygandir. Yana bu yerda men suvga aloqador juda muhim masalalarning yechimini ham 

ko‘rsatishga harakat qilaman. Suvga tegishli hikmatlar ikki oyatda bildirilganligini, undan tashqari 

Haq-Taolo hamma moddiy narsalar qatori oddiy birikma hisoblanishi kerak bo‘lgan suvga nechog‘li 

mo‘jizalar ato etganini xotirangizda qoldirishni istayman. Bir kimyoviy birikmaning va fizikaviy bir 

hodisaning o‘z xususiyatiga egaligi va ayni chog‘da ilohiy bir lutfga muyassar bo‘lganligi ma’naviy 

qiymatga ega bo‘lgan sirdir. 

Suv shundaydir, azizdir. Bu bahs so‘nggida bo‘g‘izlar (tomoqlar) bilan bog‘liq yana bir oyatni 

keltirishimiz ham suv hikmati bilan aloqadordir. 

 

A) Suv va hayot



 

21 -sura, 30-oyatning oxiri: 

Va ja’alna minalmoi kulla shay’in xayy, afalo yu’minun.

 

Ya’ni: 



Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik, hamon inonmaydilarmi? 

(u inkorchilar). 

Tiriklik ta’rifi ilmda tez—tez o‘zgarib turibdi. DNA

 

tugal o‘rganilgandan keyin mukammal bir ta’rif 



yaratilishi mumkindir. Tiriklik, jonlilik - DNA molekulasini tashuvchilik va molekulaga biror 

aminokislota (oqsil) qo‘sha oluvchilik tabiatidir (xarakteridir). 

Xususan, ayrim bakteriyalarda tiriklik ba’zan turg‘unlik davriga o‘tadi. Hayot alomatlari birdan 

butunlay yo‘q bo‘lib qoladi, lekin bakteriya o‘lmagan bo‘ladi. Tiriklikning bu tarzdagi turg‘un shaklini 

bilib qo‘yish odamga asqotadi. Oyatdagi 

"hamma tirik narsani" 

iborasi ham kishida qiziqish uyg‘otadi. 

O’n besh asr oldin odamlarning aksariyati tirik mavjudot deganda faqat hayvonlarni tushunardi. 

Ba’zi bir taniqli olimlar va ularning davralarda o‘simliklarda ham jon bor, deb hisoblanar va himoya 

qilinar edi. Oyatda esa juda keng umumlashma bor. 

"Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik 

amrida 


yaratdik 

demasdan, 

"suvdan chiqardik", 

ya’ni 


"jonli bo‘lgan har narsani suvdan chiqardik" 

ma’nosi yetakchilik qiladi. Oyatning aslida 

"va ja’alna 

kalomi ishlatilgan, 

"halak" 

emas. 


"Va ja’alna" — 

"chiqardik", "ijod qildik", "vujudga keltirdik" 

kabi tushunchalarni beradiki, bu 

jitobiologiya (hayot 

biologiyasi)ga 

to‘la-to‘kis muvofiq keladi. Oyatni to‘g‘ri tarjima qilishni mo‘ljallab, sizga tavsiya etgan 

bu qisqacha sharhimizda uch muhim ilmiy nuqtani tasdiqlaymiz: 

1. 


"Hamma tirik narsa" 

ta’biri ostida virusdan e’tiboran jamiki jonlilar nazarda tutilgandir. 

2. Jonlilik suvdan yuz bergan hodisadir, lekin jonlilik suvdan yaratilgan emas, ya’ni faqatgina 

suvdan iborat emas. 

3. Inkorchilarga bir tanbeh bor, ayniqsa, bizning davrimizdagi inkorchilarga. 



Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish