Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

olamga chiqish harakatlarini boshlaydi, ham yangi hayot tarzi uchun butun tizimlari katta avtomatik 



kompyuter tizimi bilan bog‘lanadi. 

Mo‘jizaning ham hayratnalarli, ham mamnun qiluvchi tomoni - tug‘ilajak chaqaloq bilan tug‘ajak 

onaning kompyuter tizimlari o‘rtasidagi sinxron (intilish va harakatlarda bir-biriga uyg‘un)likdir. Ana 

shu bir-biriga uyg‘un harakatlar natijasida ona rahmi bolani "A" nuqtasiga eltganda, chaqaloq ham 

jag‘ini "B" nuqtasiga yetkazadi va pastga tortila boshlaydi. 

Tibb ilmi ona rahmi bilan chaqaloq o‘rtasidagi sinxron bog‘liqlik mo‘jizasini faqat ilohiy ilmda deb 

topayotir. 

Mana, endi o‘zingiz o‘ylang, Qur’on mo‘jizasini, ya’ni: 

"Uning ilmi aralashmasa hech bir ayol tug‘olmaydi" - 

degan hikmatini inkor etish mumkinmi? 

 

G) Asal va arining sirlari



 

Qur’on ari va asal mavzuida muhim bir masalaga e’tiborni jalb qilgan. Bir qarashda har qanday 

biologik hodisaday ko‘rinuvchi ari va asalda juda muhim biologik mo‘jizalar bor. 

Oldin "Nahl" surasi (16-sura) ning 68 va 69-oyatlarini o‘qing: 

Va avho rabbuka ilannohli 

anittahiziy minaljiboli buyutan va minashshajari va mimmo ya’rishun. Summa kuliy min kullissamaroti 

faslukiy subula Rabbiki zululo, yaxruju min butuniho sharobun muxtalifun alvonuhu fiyhi shifoun 

linnos, inna fi zolika la oyatan liqavmin yatafakkarun.

 

Ya’ni: 


(Ey Muhammad), Rabbingiz asalariga: "Toglarda, daraxtlarda va (odamlar) quradigan 

qo‘vonlarda in qur. So‘ngra turli mevalardan yeb, Rabbingning senga ko‘rsatgan yo‘llaridan yur!" deb 

vahiy—amr qildi. Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon, rangli ichimlik—asal chiqadi. 

Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat~ibrat bor.

 

Endi birma-bir oyat e’tiborni tortgan hikmatlarni ko‘zdan kechiraylik... 



a) Arining ko‘von (in) siri

 

Olti burchak prizmalardan qurilgan ari ini - faqat Olloh bergan ilm-vahiy bilangina qurish mumkin 



bo‘lgan me’moriy shoh asardir. Bu geometrik tanlov odatdagi tabiiy zavq natijasida bunyod bo‘lgan 

deb o‘ylashning hech iloji yo‘q. Undan tashqari, qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan moddalarning 

saqichga o‘xshashligi, ya’ni o‘ziga xos kimyoviy modda tanlanganligi ham mo‘jizadan boshqa narsa 

emas. 


b) Arining yo‘l tanlashi va qaytishda uyini topishi

 

Jamiki jondorlarga oid juda qiziq bir hikoyatdir bu. 



Asalari, bir tomondan, o‘ziga xos ovoz to‘lqinlariga ega, ikkinchi tomondan, xuddi kompyuterday 

aniq bir harakatda bo‘lib, ma’lum bir vazifani ado etadi. Oyati Karima, bu hikmatni ham juda hassoslik 

bilan tavsiflagan. Arining tabiiy ravishda uyini topib kelishi, yo‘lda hech adashmasligi mavzuida ko‘p 

kitoblarda hikoya qilingan. Qiziqqan kishilar u kitoblarni izlab topib o‘qishlari mumkin. Biz qo‘lga olgan 

mavzu va tahlil qilmoqchi bo‘lgan hodisa - biologiyaning asalga oid so‘nggi xulosalari borasidadir. Endi 

asalning tarkibi mavzuida maxsus bir izoh keltiraman. 

v) Asalning tarkibi va xususiyatlari

 

Arining taqqosi yo‘q me’morligi va ongli hayot sohibi ekanligi hammaga ma’lum. Ammo ari 



shuncha ko‘p asalni o‘z ehtiyoji uchun "ishlab chiqararmikan?" Yo‘q. Aksincha, o‘zi ishlab chiqargan 

asalning yuzdan biri unga ortiqchalik qiladi. Shunday hisob mutaxassisi bo‘la turib, o‘ziga kerak 

bo‘lmagan narsani ko‘p ishlab chiqarishi tabiat muvozanati doirasida g‘ayri-tabiiy hodisa deb 

hisoblanadi. Demak, oyatda amr etilganiday, butun olamlarning Rabbi ariga shunday asal ishlab 

chiqar, degani uchun ari ko‘p asal ishlab chiqarish kampaniyasiga kirishadi. 

Endi asalning tarkibiga bir qaraylik. Har bir jonzot o‘zini kuch-quvvat bilan ta’minlash uchun 

umuman qandaydir bir shakarga muhtojdir va buni osonlik bilan o‘simlikdan, uning mevalaridan oladi. 

Arida ham ahvol xuddi shunday. Ammo tanasining asos qurilish moddasi DNAda shakar riboz shaklida 

bo‘ladi. Va ari mevalardan tanlab olgan maxsus shakarlar bilan ribozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri asalga 



Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish