www.ziyouz.com kutubxonasi
36
sahifalarda bu borliqlar garchi asosiy xususiyatlarini saqlab qolsa-ayni chog‘da farqli unsurlarini ham
namoyon etadi. Chunonchi, gul moddiy olamning ilk sahifasi bo‘lmish bizning dunyoda qisqa vaqt
ichida so‘ladi. Olamning yana bir sahifasi bo‘lmish jannatda esa u hech so‘lmaydi. Bu jihatdan
shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir qancha yaratilmishlar koinotning boshqa sahifalarida asl
mohiyatlarini saqlab qoladilar. Ammo moddiy olamda ularning umri cheklangan va qisqa bo‘ladi.
Moddiy olam makonlarida asosiy ta’sir ko‘rsatadigan unsur-zamon va masofadir; bu dunyodagi
yanglish xukmlarimizning jami zamon va masofadagi odatlanishlarimizdan paydo bo‘ladi. Shu boisdan
Olloh mahshar xodisasini isbotlash uchun zehnlarda unga yaqin holatlarni muhrlash maqsadida olam
sahifalari misolini keltiradi. Mahsharda - biz aytmoqchi bo‘lgan hodisa - bu, insonning boshqa bir
makonga intiqolidir (ko‘chib o‘tishidir). Bu intiqol esa, olamning ma’lum bir sahifasining ochilishi
demakdir. Biz buni, ya’ni moddiy makonimizda o‘lchovlarning qay taxlit o‘ralishini (buralib ochilishini)
albatta ko‘ramiz. Zero, Qur’onnning Omma juz’ida bir qator suralardagi ta’riflar bu makon falokatini
(qiyomat qoyimini) eslatgandir. Bunday falokatga duchor bo‘lgan makon saxifasining ortidagi ochilgan
yangi bir makon sahifasiga intiqol bo‘lamiz. Cheksiz o‘lchovlar olamdagi magnit tarangligi hali ma’lum
bo‘lmagan bir zamonda Qur’on bugunning va ertaning fizikasini bayon qilib qo‘ygandir.
2. YER VA MUHIT (ATMOSFERA)
Qur’onda yer va muhit voqealariga oid aql bovar qilmas mo‘jizaviy oyatlar bor. Biz bulardan
faqat to‘rttasini namuna qilib keltiramiz. Bizning davrimizda endigina tagiga yetilgan bu
hikmatlarning, 15 asr ilgari, atmosferadan xabarsiz, dunyo bir narsaga suyanib turadi, deb
hisoblangan zamonda, Qur’onnning muhtasham nuri bilan qanday bayon etib berilganligini o‘ylash
inson idrokini lol qiladi.
A) Muhitning sirlari
Oldin sizga Qur’onning eng mo‘jizaviy oyatlaridan birini bayon qilib beray: "Fussilat" surasi (41-
sura, 11 -oyat):
Summastavo ilassamoi va hiya duxonun fa’koola ' laho va lil arzi i’tiya tav’on av karho koalato
atayno toi’iyn.
Ya’ni:
(Olloh) samoga yuzlandi, u bir tutun edi; unga va yerga: "Ikkingiz ham istasangiz—da,
istamasangiz-da birgalikda keling",
—
dedi. Ular esa: "Istab keldik",
—
dedilar.
Olloh Qur’onda
"Biz bir narsani hohlasak, "Bo‘l!" deymiz va darhol bo‘ladi",-
deb buyurgan,
madomiki shunday ekan, yerning ostoniga, ya’ni atmosfera va yerga birgalikda keling deb ne
sababdan maxsus amr berdi ekan? Nima uchun
"yuzlandi"
shaklida, maxsus bir yaratilish tarzida amr
etgan yer va atmosferaga? Bu savollarga javob olish uchun astrofizika olimlarimizning so‘nggi o‘n yil
ichida ilmga olib kirgan nozik yangiliklarni bir ko‘zdan kechiraylik.
Ma’lumki, koinotning milliard karra milliard sayyoralari bor va yer ulardan biridir. Astrofizik
jihatdan yerning eng katta xususiyati barqaror bir atmosferaga (muhitga) egaligidir. Zero, bir sayyora
uchun fizik jihatdan eng qiyini va imkonsizi - muhit hodisasidir. Buning boisi aniq va ravshan. Bir
sayyorani o‘rab turuvchi gazlar ikki natijadan biri bilan barham topadi: yo bu gaz molekularining
harakat sur’atlari sayyoraning tortish kuchi tufayli o‘zligidan mahrum bo‘ladi - bu holda gaz sayyoraga
so‘rilib ketadi, yo bu molekulalar issiq ta’sirida yanada tez harakat qila boshlaydi - u holda sayyorani
tashlab fazoning so‘ngsizliklariga sochilib ketadi. Ba’zi sayyoralarda bu hodisalar asta, juda sekin yuz
beradi. Juda qisqa vaqt ichida muvozanatini yo‘qotib, beqaror bir muhit paydo bo‘ladi, so‘ng u ham
yo‘qoladi.
Shunday bo‘lgach, o‘rtada muayyan savol tutiladi: xo‘sh, biror sayyoraning muqim bir muhitga
ega bo‘lish imkoni bormi? Bor bo‘lsa, nimada yo qaerda?
Atmosfera molekulalarining harakat sur’ati u sayyoraning tortish sur’atiga qaysidir cheklangan
bir nuqtada sherik bo‘ladi va muvozanatda qoladi.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |