www.ziyouz.com kutubxonasi
58
XOLUQ NURBOQIYNING "QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI" ASARI
TARJIMASI TO’G’RISIDA
Mana, aziz kitobxonlar, Xoluq Nurboqiyning Qur’on mo‘jizalariga oid risolasi ham poyoniga yetdi.
Diqqat-e’tiborli va sinchkov o‘quvchilar ko‘p ilmiy va ilohiy mo‘jizalardan boxabar bo‘ldilar va ruhan
boyidilar, deb o‘ylayman.
Endi bu kitobni tarjima qilishga bahona bo‘lgan sabablarni so‘zlab berayin 1993 yil edi. Bir kuni
mening ish joyimga bir do‘stim bilan Tursunxo‘ja hoji aka degan bir kishi kirib keldilar. (Tursunxo‘ja
hoji Hidoyatxo‘jaev - keksa pedagog, fizika, kinoshunoslik, vidiotexnikaga oid bir necha kitoblar
muallifi ekanlar). Ular menga mazkur kitobni turkchadan o‘zbekchaga o‘girishni iltimos qilishdi. Bu
paytlarda men turli mufassirlarning Qur’on mo‘jizalariga oid talay kitoblarini o‘qigandim. Aksariyati
katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, qandaydir bir ma’noda bir-birining ixtiyorsiz takroriga
o‘xshab tuyulardi. Shu bois ham dastlab bu kitobga loqaydroq qaradim, shekilli. (Olloh o‘zi kechirsin).
Kitob Istanbulda 1991 yilda "Damla" yoyinevi ('Tomchi" nashriyoti)da "Islom va ilm" seriyasida
2-raqam bilan bosilib chiqqan edi.
Milliy ta’lim vazirligi 1986 yilning 15 dekabrida bu asarni litsey va
eksperimental maktab o‘quvchilariga o‘qish kitobi sifatida tavsiya qilgan edi.
Menga berilgan nusxa
kitobning 8-nashri edi. Meni qiziqtirgan birinchi hol ana shu bo‘ldi. Ikkinchisi - muallifi. Gap Xoluq
Nurboqiyning "Omma juz’i tafsiri", "Sura-i Yusuf tafsiri", 'Toq nur", "So‘ngsiz nur", "Yosin surasi
tafsiri", "Namoz suralari tafsiri" (I—II jildlar), "Insonning bilinmasligi", "Fotihaning qirq tafsiri" kabi
o‘nlab kitob yozganligida emas, gap muallifning tibbiyot fanlari doktori, professor, onkolog-vrach
ekanligidadir. Dunyoviy ilmlarga ega bo‘lgan bir insonning ruhoniy ilmlarga munosabati qiziqarli edi,
chunki dunyoviy ilm sohibi o‘z fikrlarini moddiy dalillarsiz isbotlay olmaydi. Chindan ham asar
mundarijasiga qaradim-u, birdan ichimda katta qiziqish uyg‘ondi. Unda Qur’onning tili,
qurilishi(kompozitsiyasi), matematik, fizik, tibbiy mo’jizalari, koinot, muhit (atmosfera), yer, dengiz,
shamol, neft, zilzila, tug‘ish va tug‘ilish, tuproqda jonli mavjudotning paydo bo‘lishi, ya’ni o‘lik
tuproqning tirilishi, alkogolizmning insonga va jamiyatga zararlari to‘g‘risida gap borardiki, bular
odamni qiziqtirmasligi mumkin emas edi.
Men tajriba uchun dastlab Tursunxo‘ja akaning iltimosiga ko‘ra kitobning to‘rtinchi - "Qur’onning
fizikaga oid mo‘jizalari"ni tarjima qilib ko‘rdim. Ish jarayonida hozirgi zamon oliy fizikasiga doir shu
qadar ko‘p ma’lumotlar oldimki, shu paytgacha bulardan bexabarligim uchun o‘zimdan o‘zim hijolat
bo‘la boshladim. Hozirgi zamon fizikasining eng yangi kashfiyotlari bundan 15 asr muqaddam
insoniyatga indirilgan Qur’onda goh ochiq-oydin, goh imo-ishoralar bilan ma’lum qilingan edi. Menga,
ayniqsa, yulduzlarning o‘limoldi xolatlari tasvirlangan parchalar juda qattiq ta’sir qildi. Shuningdek,
meni tahorat sirlari ham hayron qoldirdi. Albatta, tahorat - bu tozalik, tozalik zsa sog‘likning garovi
ekanligini hamma biladi. Ammo buning tibb olimi tili bilan, ilm tafsilotlari asosida, jigar, buyrak, yurak,
qon tomiridagi harakatlarlar bilan bog‘liq holda kino tomoshasidek ko‘rsatib berilishi, nazarimda, misli
ko‘rilmagan voqea edi.
O’rta Dengizdagi bo‘g‘ozlarda ikki tomondan ikki xil suv - issiq va sovuq suv - bir-biri bilan
to‘qnashib, ammo bir-biriga bir tomchisi ham qo‘shilmay, o‘z yo‘llariga qarab qaytib ketishi ham
hayratlanarli edi. Bu hodisani birinchi bo‘lib suv ostiga tushib kashf ettan, buning sirlarini aniqlagan
olim, kapitan Kusto, bu sirlar 15 asr ilgari Qur’onda ma’lum etilganligini aniqlagach, musulmon
bo‘lganligi g‘oyat qiziqarli va ishonarli hikoya qilinadi.
Yoki asalarining faoliyati haqidagi fasllar... Darhaqiqat, asalariga o‘z hayotini davom ettirishi
uchun ko‘p asal kerakmi? Hech qanday tabiiy ehtiyojsiz ko‘p asal berishi sirli emasmi? Asalarining
insonga xizmat qilish uchun yaratilgani ilohiy mo‘jiza emasmi? Holbuki, bular bari Qur’onda ma’lum
qilingan-ku!
Xo‘p, bularni takrorlab o‘tirmay. Barini o‘zingiz o‘qib chiqdingiz. Men tarjima jarayonida o‘zim
uchun duch kelgan ayrim muammolar haqida so‘zlay. Ma’lumki, kitobda ko‘pdan-ko‘p oyatlar
keltirilgan bo‘lib, ularni bizning alifboda qanday ifodalash masalasi bor edi. Men mazkur oyatlarni
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |