www.ziyouz.com kutubxonasi
6
bilinmagan bo‘lsa ham, u zamon munajjimlari nazdida katta ilmiy haqiqat hisoblanardi. Qur’on bu
yetti sayyoradan bahs ochgan bo‘lsaydi, ular buni hammaga ma’lum ilmiy haqiqat deb qabul
qilardilar: ammo zamonlar o‘tib, bizning asrimizga kelganda bir ilmiy tazod (qarama-qarshilik) o‘rtaga
chiqishi mumkin edi. Xolis Qur’onda bunday yanglish bilimlarga o‘rin berilmaganligini ulug‘ bir mo‘jiza
unsuridir.
Qur’onning eng katta mo‘jizalaridan biri mana shunday o‘z davriga oid falakiyot bilimlariga
rag‘bat etmaganligidir.
Tibbiyot va tabiiyot mavzuida ham Qur’on biron yanglish ma’lumotga o‘rin bermagan.
Shunday qilib, Qur’on o‘z davri ta’siriga berilmagan va ilmiy jihatdan pokligini saqlab qola olgan
birdan-bir kitobdir, chunki u Olloh kalomidir.
Qur’onni tadqiq etgan har bir chinakam olim Qur’ondagi bu soflikka takror-takror hayron
qolaveradi.
G) Qur’onning tili
Bir qator oyatlarda Qur’on - hikmatlar manbai ekanligi, u odamlar tomonidan tushunilishi,
tushunganda ham osonlik bilan tushunilishi uchun arab tilida yuborilganligi bildirilgan:
"Alif, Lom, Ro. Bular ochiq-ravshan Kitob oyatlaridir. Darhaqiqat, biz uni anglaysiz deya Qur’onni
arab tilida tushirdik".
(12-sura, 1-2-oyatlar).
Oyatdan ochiq-ravshan bilinib turibdiki, Qur’on koinotning butun sirlarini qamrab olgan ishoralar
kitobidir. Ya’ni ilmiy ma’noda jamiki ma’lumotlarni bir yerga to‘plagan bilim xazinasidir. Bu bilim
xazinasidagi hikmatlarni shartli (ramziy) harflarning ifodasidan ham anglay olishimiz mumkin bo‘lgan
tarzda qamrashimiz oson ish emas; faqat Haq-Taolo bu hikmatlar va bilimlar kitobini anglay olishimiz
uchun keng imkonli arab tilida yuborgan.
Ramziy harflar aniq oyatlar ekanligi bildirilgan. Bu harfiy ishoralar koinotning biror qonun-qoidasi
vasfiga egaligi ham aniq va ravshandir. Ikkinchidan, Qur’onning Lavhi Mahfuz (Muhofazali Lavha,
ya’ni Qur’on Qo‘lyozmasi) bo‘lgani ham bir necha oyat orqali ma’lum qilingan. Lavhi Mahfuz - koinot
haqiqatlari yozilgan kompyuter tizimi (sistemasi)dir. Xullas, Qur’on koinot haqiqatlari, qonun va
qoidalarining matematik tizim ichida arabchaga tushirilishi hodisasidir.
Bu aytganlarimiz Qur’onning qat’iy vasflaridir va hech qanday boshqacha izohga o‘rin yo‘q.
Bir talay koinot haqiqatlarini o‘zida tashigan Qur’onning nega arabcha ekanligi sababini, arabcha
- eng yaxshi til ekanligidan izlamoq kerak.
Bir kompyuter tasmasini bir tilga bog‘lamoq uchun, albatta, so‘z boyligi katta, sarfu nahvi
(morfologiya va sintaksisi) kuchli bir til tanlanishi zarurligini mutaxassislar juda yaxshi bilishadi.
Shunday bo‘lgach, Qur’onning bir talay ilmiy sirlarni o‘zida mujassam etgani tabiiydir. Uning
harflarida va kalimalarida juda ehtiyotkorlik bilan hisobga olingan hikmatlar bor. Bu haqiqatlarni bilib,
hatto ko‘rib yashayotganlar uchun Qur’onni tarjima qilish benihoya qiyinligi ayondir, qilingan bir qator
o‘girmalar esa balki, qo‘pol xatolar bilan bo‘lsa-da, ma’noga yaqinlanish uchun qilingan harakatdir...
Yana shu narsa ham ayonki, Qur’ondagi arab tili — mustaqil, hozirgi arabchadan farq qiluvchi arab
tilidir.
Bironta arab shevasida, hatto eng boy va eng rangin arabcha adabiyotda Qur’ondagi arab tiliga
duch kelinmaydi. Shuning uchun ham ayrim kishilar Qur’on arabchasini xalq tili (umum-arab tili)
sifatida tavsiflashga intiladilar.
Holbuki, Qur’on tili juda o‘ziga xos arabchadir. Ham lirik, mayin oquvchi uslubi bor, ham o‘ta
ilmiydir. Ham ovoz chiqarib o‘qilganda oson tushuniladi, ham o‘qish jarayonida yangi ma’nolari
ochiladi.
Undan tashqari, Qur’on arabchasining juda muhim bir tomoni, Qur’onda uchragan juda ko‘p
arabcha kalimalarning ilgari hech ishlatilmaganligidir. Arabchada uchragan, lekin ma’lum maqsad
uchun bir martagina ishlatilgan kalimalar ham Qur’onda ilmiylashtirilgandir.
Jannat va jahannamga oid bir qator o‘ziga xos kalimalar va
Lavhi Mahfuz
ta’birlari ham ilk bora
Qur’onda uchraydi. Zamxari kalimasi ham birinchi marta Qur’onda kuzatilgan. Bu mavzu bilan
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |