Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
qoldirayotgan bo‘lsa, adolat - to‘g‘rilik bilan ota-onaga, qarindosh-urug‘ga
vasiyat qilinishi farz etildi. Bunday vasiyat qilish Allohdan qo‘rquvchilar
ustidagi burchdir.
181. Kim uni (vasiyatni) eshitganidan keyin o‘zgartirsa, gunohi faqat
o‘zgartirganlarning bo‘ynida. Albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.
182. Endi kim vasiyat qilguvchi tomonidan biron toyilish yoki gunoh sodir
bo‘lishidan xavf qilib (vasiyat qilguvchi bilan merosxo‘rning) oralarini isloh
qilib qo‘ysa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta Alloh mag‘firat qilguvchi, rahmlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: