Bu (xukm) Parvardigoringiz tomonidan yengillik va rahm-shafqatdir. Bas, kimki
shundan keyin haddan oshsa (masalan, tovon to‘langandan keyin ham qotilni
o‘ldirsa), uning uchun alamli azob bordir.
179. Sizlar uchun qasosda hayot bor, ey ahli donishlar! Shoyad (jinoyatlardan)
saqlansangizlar.
I z o h .
Ya’ni har qanday kishi qasos olinishini o‘ylab o‘zini qotillik qilishdan tiyadi.
Demak, qotildan qasos olish hukmi borligi sababli juda ko‘p qotil va maqtul (o‘ldiriluvchi)
bo‘lishi mumkin bo‘lgan kishilarning hayoti saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |