174. Alloh nozil qilgan Kitob (Tavrot)dan iborat bo‘lgan narsani (Muhammad
alayhis-salomning payg‘ambarligini) berkitadigan va uni ozgina qiymatga
sotadigan kimsalar qorinlarini faqat olov bilan to‘ldiradilar — ularga qiyomat
kunida Alloh so‘zlamaydi, boqmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ular
uchun alamli azob bordir.
175. Ana o‘shalar hidoyat o‘rniga zalolatni, mag‘firat o‘rniga azobni sotib olgan
kimsalardir. Jahannam o‘tiga muncha sabr-toqatli ekanlar-a?
176. O’sha (azob) Alloh bu Kitob (Tavrot) ni haq bilan nozil qilgani sabablidir.
I z o h .
Alloh taolo Tavrotda Muhammad payg‘ambar haqida haq so‘zlarni nozil qilgan
edi. Ular mana shu haqiqatni yashirganlari uchun do‘zax azobiga duchor bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |